Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Azaliy do‘stlik va akademik hamkorlik!

Avval xabar berilganidek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universiteti o‘rtasida imzolangan akademik mobillik taʼlim dasturiga binoan Qirg‘iziston Osh davlat universitetidan 11 nafar talabasi tashrif buyurgan edi.

Bugun mazkur talabalar o‘zlarining bir oylik tashriflari mobaynida O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olishlari bilan bir qatorda, o‘z yurtlarining milliy va madaniy anʼanalari, urf-odatlari, qadriyatlarini O‘zbekiston Milliy universiteti talabalariga yaqindan tanishtirish maqsadida madaniy tadbir tashkil etdilar.

Tadbir davomida Qirg‘iziston Osh davlat universiteti talabalari o‘z universitetlari haqida video lavhalar, milliy raqs kabi sahna ko‘rinishlari, anʼanaviy xalq og‘zaki ijodi namunasi tarkibiga kirgan qirg‘iz xalq qo‘shiqlarini jo‘rlikda ijro etib, o‘z madaniyati va sanʼati haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, “Siz Qirg‘izistonni bilasizmi?” mavzusida savol-javob viktorinasi tashkil etildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Shirinova Raxima Xakimovna Qirg‘iziston Osh davlat universitetidan kelgan 11 nafar talabalarga sertifikatlar topsh

Xalqaro aloqalar bo'limi