BAAning «Yevrosiyodagi ilm-fan» assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Barqaror rivojlanish va Innovatsiya” Osiyo konferensiyasi bo’lib o’tdi

Bugun, 22- noyabrda Birlashgan Arab Amirliklarining "Yevrosiyodagi ilm-fan" assotsiatsiyasi va O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti bilan hamkorlikda “Barqaror rivojlanish va Innovatsiya” Osiyo konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Barqaror rivojlanish va innovatsiyalar bo'yicha Osiyo konferensiyasi Osiyoda va undan tashqarida barqaror rivojlanish hamda innovatsion o'sish muammolarini hal qilish bo'yicha ilmiy asoslangan munozaralarga yangi texnologik tartib va tashqi muhitning davom etayotgan noaniqligi sharoitida yordam berishga qaratilgan.
Konferentsiyada xorijiy mamlakatlar universitetlarining tadqiqotchilari va amaliyotchilari ishtirok etib, yangi g'oyalar, dolzarb mavzular va ilmiy tadqiqotlar natijalari muhokama etildi.
"Yevrosiyodagi ilm-fan" notijorat professional uyushmasi va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan ikkinchi konferensiya bo’lib, mazkur konferensiyaga qiziqish ortib borayotganligi respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar bilan bog'liq.



Xalqaro aloqalar bo'limi