«BEGIN GROUP» XALQARO KOMPANIYaSI VAKILI BILAN UChRAShUV

2022-yil 10-oktabr kuni "BEGIN GROUP" xalqaro konsalting kompaniyasi vakili Timofey Tolmachyov O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova hamda xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
BEGIN GROUP - 1999 yildan beri ta’lim bozorida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ta’lim muassasalarini xalqaro ko‘rgazmalarda onlayn va offlayn formatda reklama qilish bilan shug‘ullanadi.
Mazkur uchrashuvda, ushbu kompaniya bilan 2023 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish bo‘yicha kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu kompaniya shtabi Germaniya poytaxti Berlinda joylashgan.

Xalqaro aloqalar bo'limi