Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Belgiyaning Mons universiteti bilan hamkorlikning dastlabki qadamlari

Bugun, 19-may OʼzMUga Belgiyaning Mons universitetidan Darya Balandina tashrif buyurdi. U universitetda xalqaro talabalar mobilligi boʼlimida faoliyat olib boradi.

Xalqaro aloqalar boʼlimida oʼtgan uchrashuvda ikki universitetning akademik mobilligini faollashtirish masalalari koʼrib chiqildi. Shuningdek, mehmon Xorijiy filologiya fakultetida boʼlib u yerda fransuz filologiyasi, amaliy ingliz tili va adabiyotshunosligi kafedralari mudirlari hamda oʼqituvchilar bilan tanishdi.

2022/2023 yilda 4 nafar Fransuz filologiyasi talabasini Belgiyaning Mons universitetiga yuborishg hamda 4 nafar belgiyalik talabani rus tili oʼrganish uchun rus filologiyasi kafedrasiga qabul qilish masalalarini koʼrib chiqishdi.
Koordinatorlar belgilangan oʼquv reja va kredit soatlarini koʼrib chiqishga kelishib olishdi.

 Ma`lumot o'rnida: Joriy yilda 1 nafar belgiyalik magistr Manon Oʼgʼoʼ fransuz filologiyasi va xalqaro aloqalar boʼlimida oʼz stajirovkasini oʼtadi.

Xalqaro aloqalar bo'limi