Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Belorus davlat universiteti vakili fizika fakultetiga tashrif buyurdi

23-sentabr kuni Belorus davlat universiteti Fizika fakulteti dekani Mixail Sergeyevich Tivanov O‘zMU Fizika fakultetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda fizika fakulteti dekani G‘.Eshonqulov, kafedra mudirlari A.Xolmo‘minov, T.Axmadjanov, S.Polvonovlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti va Belorus davlat universiteti o‘rtasida 2021-yilda tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar jumladan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘zaro hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish, kelajakdagi ilmiy-tadqiqot sohadagi hamkorliklar, talabalarni yozgi va qishgi maktablarga jalb qilish muhokama qilindi.

M.Tivanov fakultetda olib borilayotgan o‘quv jarayoni bilan tanishdi va talabalar bilan suhbatlashdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi