Belorus davlat universiteti vakillari bilan uchrashuv

20 sentyabr kuni Belorus davlat universiteti vakillari - Ekologiya fakulteti dekani Sisa Aleksey Grigorevich hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Alekseychik Yelena Valerьevna O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zMU tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Toshmatov, Biologiya fakulьteti dekani T.Abdraxmanov, Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G‘.Yoziyev qatnashdilar. Uchrashuvda BDU va O‘zMU o‘rtasida 2019-yil 15-iyulda tuzilgan shartnomaga muvofiq mavjud qo‘shma ta'lim dasturiga qo‘shimcha bandlar kiritish xususida muzokaralar olib borildi. Unga ko‘ra, endilikda mazkur ta'lim dasturida tahsil oluvchi talabalar ham onlayn, ham an'anaviy shaklda o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin.



Xalqaro aloqalar bo'limi