Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Respublika kasbiy taʼlim instituti delegatsiyasi (Belorus Respublikasi) O'zMUda

Bugun 27 may kuni Belorus Respublikasining kasbiy taʼlim instituti rektori Golubovskiy Valeriy Nikolaevich boshchiligidagi delegatsiya OʼzMUga tashrif buyurdi. Uchrashuv mobaynida Valeriy Nikolaevich Belorus taʼlim tizimi va soʼnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar xususida maʼlumot berib oʼtdi.
Oʼz navbatida Inom Madjidov amaliy xususiyatga ega stajirovkalar hozirda Oʼzbekistondagi barcha universitetlar, shu jumladan, OʼzMU uchun ham dolzarb ekanligini taʼkidlab oʼtdi va bu borada hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, Belorus Respublikasi kasbiy taʼlim institutining texnikumlarni rivojlantirish hamda oʼrta kasb-hunar malakalarini asosiy taʼlim dasturlari bilan qanday bogʼlash borasidagi tajribasini oʼrganish OʼzMU uchun juda muhimligini belgilab oʼtildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi