BIOLOG OLIMGA O’ZMU FAXRIY DOKTORI DARAJASI BERILDI



Joriy yilning 13-aprel kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida Abramov Andrey Yurevichga biologiya sohasida fanni rivojlantirishga qo'shgan hissasini e’tirof etib, Faxriy doktor darajasi berildi.
Ma’lumot o'rnida: Professor A.Аbramov 1969-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tugʼilgan. 1995-yilda Oʼzbekiston Davlat Universiteti (hozirgi OʼzMU) biologiya fakultetini tamomlagan. 1998-yilda Toshkentda fan nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan. 2014-yilda Moskvada doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yildan Buyuk Britaniyaning London Universiteti Kolledji Neyrologiya institutida faoliyat yuritib, Klinik nevrologiya va harakat tizimi patologiyalari laboratoriyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.
O’zMU Axborot xizmati