“Biolog va tuproqshunos olima ayollari Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning faol ishtirokchisi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar

Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida “Biolog va tuproqshunos olima ayollari Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning faol ishtirokchisi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Turdiboyeva Raʼno, Oliy majlis qoshidagi xotin-qizlar gender tengligi bo‘yicha ekspert Sultonova Eʼtibor Sidikovna, O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi, professor Murtazayeva Rahbar Xamidovna, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti olima ayollari qatnashishdi.
Tadbirda olima ayollarning oilada va jamiyatda tutgan o‘rni, erishgan yutuqlari va yoshlarni tarbiyalashdagi faoliyatlari to‘g‘risida fikr yuritildi. Universitetda har bir fakultet olima ayollari muntazam ravishda talaba yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularni ilmga yo‘naltirish, qizlar bilim olishga hammadan ko‘proq intilishlari lozimligi va bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalash uchun masʼul ekanliklari kabi bir qancha fikrlar bildirildi. Olima ayollar ishtirokida o‘tadigan bunday tadbirlar talaba qizlar uchun namuna maktab vazifasini o‘taydi. Zero, rivojlangan jamiyatlarda madaniyatlilik darajasi xotin-qizlarga bo‘lgan munosabat va ular uchun yaratilgan imkoniyatlarga qarab belgilanadi. Bu esa milliy anʼanalarga va shu bilan birga umumbashariy qadriyatlarga asoslangan bo‘lmog‘i darkor.

Xalqaro aloqalar bo'limi