Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Biologiya fakulteti talabalarining yozgi o‘quv dala amаliyoti bo'lib o'tdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Beshtut mahallasi, Chorvoq o‘quv amaliyot bazasida 2022 yil 30-maydan –2022 yil 11-iyungacha Biologiya fakulteti talabalarining yozgi o‘quv dala amliyoti bo'lib o'tdi.

Biologiya (turlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi talabalariga 2-kursda o‘tiladigan Zoologiya fanidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun o‘quv rejada dala amliyoti rejalashtirilgan. Zoologiya fanidan talabalarni tabiatga olib chiqilib, dastlab tabiatda uchraydiga umurtqasiz hasharotlar bilan tanishtirildi.

Tanishtirilish jarayonida uchraydigan hashoratlar (agar qizil kitobga kiritilmagan bo‘lsa) entomologik matrap yordamida tutilib talabalarga ko‘rsatildi va ulardan hashoratlar kolleksiyalari tayyorlandi. Amaliyot jarayonida tayyorlangan kolleksiyalarni kafedraga keltirilib, o‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish uchun yig'ildi.

Dala amaliyotining 2-haftasida amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda o‘rganilayotgan umurtqali hayvonlarni uchrash darajasiga qarab bir nechta bioto'plarga bo‘lib o‘rganildi.

Har bir bioto‘pda uchragan umurtqali hayvonlarning turlari va sistematikasi o‘rganildi, ularning biologiyasi va ekologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi, tabiatda uchragan umurtqali hayvonlar: sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar sinfi vakillarining o‘zbekcha-lotincha va ruscha nomlar o'rgatilib ularning biologiyasi ekologiyasi va tabiatdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalari Tuproqshunoslik fanidan o'quv dala amaliyotida o'zlarining nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun tog' va tog'oldi xududlarida tuproq hosil bo'lishi, eroziya, jarlik eroziyasi,  soy usti va soy ichi tuproqlarini hosil bo'lishidagi o'ziga xoslik, monolitlar olish, tuproqqa morfalogik tavsif berish, shimoliy va janubiy qiyalikda tuproq hosil bo'lishdagi farqlar, daraxtzorlar tagida tuproq hosil bo'lishi, vertikal zonallik bo'yicha tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari, tog' osti tekisliklarida tuproq hosil bo'lish jarayonlari tuproq kesmalar olish usulida o'rganildi.

    O'quv dala amaliyoti o‘z navbatida yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.

O’zMU Axborot xizmati