Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Bir yo’l, bir makon. Imkoniyatlar va Muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya

O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining majlislar zalida “Bir yo’l, bir makon. Imkoniyatlar va Muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi. Mazkur tadbir Al-Fraganus universiteti tashabbusi va Turkiyaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari , jumladan Necmetin Erbakan universiteti, Ahmad Yassaviy, Turk Dunyosi Hukumatlari Ittifoqi, shuningdek, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shuningdek, Turkiyaning Ahmad Yassaviy universiteti,Yildiz Texnik universitetidan bir guruh ilm-fan fidoyilari, professor-o’qituvchilar va muassasa rahbarlari tadbirda ishtirok etish uchun tashrif buyurishdi.

Tadbirning kirish qismida Farmanqul EGAMBERDIYEV (Alfraganus universiteti rektori, O‘zbekiston), Prof. Dr. Brol MERCAN (Necmett Erbakan universiteti, siyosiy fanlar fakulteti dekani, Turkiya), Cemalett TÜNEY (Turk, hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)Oʻzbekiston koordinatori), Prof. Dr. Chengiz TOMAR (Ahmet Yesev¸ universiteti rektori, Qozog'iston),Prof. Dr. Prof. R.Shirinova (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori),Dots. prof. Dr. Mrzoh DAMNOV (Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston),Dr. Shavkat SHARIPOV (O‘zbekiston Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori),Dr. Xoshmov ELMUROD (O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori) , Prof. Dr. Zekerüya MIZIRAK (Nejmettin Erbakan universiteti prorektori, Turkiya) so’zga chiqishdi . Necmettin Erbekan universitetining ilmiy xodimi Fatih KALECI “Turk dunyosi mamlakatlari ilmiy nashriyot faoliyatining qiyosiy tahlili”, “Ipak yo‘li va “Bir yo‘l, bir makon” loyihasi bo‘yicha akademik tadqiqotlarning bibliometrik tahlili” mavzusida o’z chiqishini olib bordi.

Tadbir davomida har bir universitetning xalqaro reytinglardagi o’rni mana shunday ilmiy konferensiyalarga bog’liq ekanligi va shu sababdan ilmiy-amaliy anjumanlarni ko’proq tashkil etish ta’kidlab o’tildi.

Uchrashuv so’ngida O’zbekiston va Turkiya Oliy ta’lim sohasida olib borilgan ishlar, o’zaro hamkorliklar haqida so’z yuritildi. Ahamiyatli tomoni shundaki, tadbir har ikki taraf uchun ham manfaatli bo’ldi, ya’ni kelgusidagi ilmiy faoliyatda hamkorlik aloqalarini o’rnatish , do’stlik rishtalarini yanda mustahkamlashga kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi