Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Bizning 2021 yildagi xalqaro Onlayn Maktabimizga qoʼshiling!

SPACECOM - kosmik tizimlar va aloqa texnologiyalari sohasida mavjud o‘quv dasturlarini (rejalarini) muvofiqlashtirish, modernizatsiya qilish (takomillashtiri) va qayta tuzishga qaratilgan loyihadir.
Sizni TU Berlin & COURSENTO va Yevropa Ittifoqi Universitetlari bilan hamkorlikda kosmik tizimlar muhandislarining keyingi avlodini tayyorlashga yordam berish uchun 11-22 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan "Kosmik tizimlar va aloqa muhandisligida innovatsion texnologiyalar" Xalqaro onlayn-maktab 2021 da ishtirok etishga taklif etamiz. (Zoom dasturi orqali).
Onlayn master-klass kosmik tizimlar bo‘yicha ilg‘or malaka oshirish, shuningdek aloqa muhandislik asoslari va muammolari bilan tanishtiradi. Kursda talabalarga sisitemalarini loyihalash va kosmik tizim muhandislari duch keladigan ba’zi real muammolar to‘g‘risida muhim ma’lumot beriladi.

batafsil: https://www.nuu.uz/uzc/info/Spacecom