Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Bosmaxona

Bo'lim boshlig'i:
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
Tel:
E-mail:

O‘zbekiston Milliy universiteti bosmaxonasi o‘z faoliyatini jurnalistika fakulьtetining o‘quv laboratoriyasi sifatida boshlab, 1972 yil sentyabr oyidan boshlab universitet qoshidagi bosmaxona sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Bosmaxona davlat matbuot qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga olingan. (Tasdiqnoma № 032286).     Bosmaxonaning asosiy ish faoliyati Milliy universitet tomonidan tushirilgan darsliklar, monografiyalar, o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar, O‘zMU xabarlari jurnali, ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlari, o‘quv dasturlar va universitetning barcha fakulьtet va bo‘limlari tomonidan buyurtma asosida keltirilgan ish qog‘ozlari chop etiladi. Bundan tashqari chetdan korxona va tashkilotlardan hamda jismoniy shaxslardan shartnoma asosida buyurtmalar tayyorlab berishdan iborat. To‘lovlar universitetning maxsus hisob raqamiga kelib tushadi.

Bosmaxona tarkibi:
Bosmaxona rahbari;
rahbar muovini;
1-toifali muxandis – 1;
1-toifali texnik – 2;
texnik muxarrir – 1.