Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Bugun 21 iyul kuni O‘zMUga Turkiya Respublikasining Ege universitetidan vakil tashrif buyurdi

Professor Selami Fedakar ikki universitet o‘rtasida imzolangan Memorandumni Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinovaga topshirdi. Endilikda xamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularni bosqichma bosqich amalga oshirish bo‘yicha ikki universitet o‘rtasida tizimli ishlarni tashkil qilish borasida bir qancha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv so‘nggida arxeologiya va turkologiya yo‘nalishlari sohasida hamkorlik uchrashuvi tashkil qilib mazkur yo‘nalishda qo‘sh rahbarlik va keyinchalik istiqbolda qo‘sh diplom qo‘shma dasturini yo‘lga qo‘yish borasida takliflar bildirildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi