Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Buyuk Britaniyaning Norvich til taʼlimi instituti (NILE) vakillari online uchrashuv

Bugun, 30-may kuni Buyuk Britaniyaning Norvich til taʼlimi instituti (NILE) vakillari Rob Lyuis va Аlison Leyk bilan onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda OʼzMU professor-oʼqituvchilar uchun stajirovka tashkil etish xususida muzokara olib borildi.

Endilikda – 2022-2023 oʼquv yilidan boshlab OʼzMU professor-oʼqituvchilari imtiyozli ravishda Norvich til taʼlimi institutiga qabul qilinadi. Shu bilan birga, Norvich til taʼlimi instituti partnyorlari bilan hamkorlikda OʼzMU talabalari uchun chuqurlashtirilgan ingliz tiliga yoʼnalitirilgan yozgi maktablar tashkil etishda ham amaliy yordam koʼrsatishini bildirib oʼtdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi