Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Chelyabensk Davlat universiteti vakillari bilan uchrashuv

Bugun, 23 may kuni Oʼzbekiston Milliy universitetiga Rossiya Federatsiyasining Chelyabensk Davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi. 

Tashrifdan maqsad ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼyish uchun memorandum imzolash, xalqaro oʼquv-ilmiy va madaniy aloqalarni tizimli tashkil qilish uchun yoʼl xaritasi ishlab chiqishdan iborat boʼldi. 

Shuningdek, Chelyabinsk davlat universitetidan tashrif buyurgan oʼquv va xalqaro boʼlim xodimlari bugungi kunda Oʼzbekiston Milliy universitetining dunyo taʼlim reytingidagi ilmiy salohiyati va akademik mavqeini eʼtirof etib hamkorlik oʼrnatishdan mamnunligini eʼtirof etdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi