Chingiz Aytmatov ekspozitsiyasiga Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro mukofoti topshirildi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti tomonidan ulug' adib, Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro mukofot sohibi Chingiz Aytmatov tavalludining 94 yilligiga bag'ishlangan “CHINGIZ AYTMATOV - TURK DUNYOSINING SUYUKLI FARZANDI” nomli ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Tadbirda universitet rektori Inom Madjidov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Said, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Qozoqboy Yoʻldoshev, yozuvchi va tarjimon Vafo Fayzulloh, Jurnalistika fakultetining professor-oʻqituvchilari va 100 ga yaqin talabalari ishtirok etdi.
Konferensiyani Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berdi. Shundan so’ng Jurnalistika fakulteti dotsenti Ahmadjon Meliboyevning “Chingiz Aytmatov-turk dunyosining suyukli farzandi” nomli ma’ruzasi tinglandi. Anjumanda adib ijodining Oʻzbekistonda oʻrganilishi, asarlarining nashr etilishi haqida soʻz yuritildi. Bundan tashqari ushbu konferensiyada Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Said ishtirok etib, Jurnalistika fakulteti talabalariga va universitet axborot resursiga 20 dan ortiq kitoblar jamlanmasini sovg’a qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Said Chingiz Aytmatov ekspozitsiyasiga Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro mukofotini topshirdi. Tadbir davomida Qozoqboy Yo'ldoshev Chingiz Aytmatov asarlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi, Vafo Fayzulloh Chingiz Aytmatov qissalaridagi inson taqdiri tog’risida ma’ruza oʻqishdi.
Shuningdek, fakultet professor-oʻqituvchilari buyuk adib Chingiz Aytmatov asarlari, ularda do‘stlik tushunchasining ulug‘lanishi, asarlarining g‘oyalari, ulardagi inson ruhiyati, tabiat manzaralarining tasvirlanishi kabi mavzularda, ushbu satrlar muallifi esa Chingiz Aytmatovning mashaqqatli va sharafli hayot yo‘li va faoliyati toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar.





O`zMU Axborot xizmati