CNRS – FRANSIYa ILMIY TADQIQOT MILLIY MARKAZI VAKILLARI BILAN UChRAShUV BO‘LIB O‘TDI.

Bugun, 10 aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi hamda Fransiya Ilmiy tadqiqot milliy markazi (CNRS – Centre national de la recherche scientifique) Xalqaro hamkorlik va rivojlantirish bo‘limi mas’ul xodimi Klara Dvorjak (Clara Dworczac) va ushbu ilmiy tadqiqot milliy markazi katta ilmiy xodimi Joanna Lyuuller (Johanna Lhuillier)lar bilan onlayn zum muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Milliy universiteti va Fransiya Ilmiy tadqiqot milliy markazi o‘rtasida keng hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, fransuz olimlari va o‘zbek olimlari o‘rtasida ilmiy amaliy-seminarlar tashkil etish, birgalikda maqolalar chiqarish, Fransiyaning turli ilmiy laboratoriyalarida amaliyot o‘tash kabi masalalar muhokama qilindi.
Onlayn uchrvshuv so‘ngida, ikki tomon o‘z takliflarini bildirib, kelajakda istiqbolli loyihalar tuzish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi