Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

CZU Prague dagi Yozgi maktab “Tadqiqotdan aniq qishloq xoʼjaligini amaliy qoʼllashgacha”

2022 yil 25-29 iyul kunlari ERASMUS + NICOPA loyihasi doirasida CZU Prague universitetida (Chexiya tabiiy fanlari universiteti, Praga, Chexiya Respublikasi) O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida Yozgi maktab bo‘lib o‘tdi: professorp To‘xtasin Abdrahmonov – biologiya fakulteti dekani, dotsent Abdumanap Nasirov – loyiha milliy koordinatori va biologiya fakulteti dotsenti Mashkura Faxrutdinova.
CZU Prague Yozgi maktabi Yevropa universitetlarining yetakchi professor-o‘qituvchilarining ma'ruzalari hamda robotlashtirilgan jamoasining natijalari, zamonaviy texnologiyalar va dala robotlaridan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatadigan amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oldi. Bundan tashqari, Yozgi maktab ishtirokchilari Steknikdagi "Zatek Xmel" ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligiga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Litomishl shahriga sayohat bo‘lib, u yerda fermaga ekskursiya o‘tkazildi. Loyiha ishtirokchilari qishloq xo‘jalik xoldinglarining amaliy ishlarida aniq qishloq xo‘jaligi texnologiyalaridan foydalanish bilan tanishdilar.
Chexiya tabiiy fanlari universitetining (CZU Prague) Tropik fakulьteti professori Krepil Vladimir va PROTEY firmasi raxbari Milosh Radomir bilan ikki universitetlarni keyingi yillarda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni qamrab olishi mumkin bo‘lgan memorandum loyhasi ishlab chiqildi va kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi