“Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi O’zMU professori tomonidan ingliz tiliga tarjima qilindi
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi O'zMU professori, filologiya fanlari doktori Jamila Jumabayeva mas'ul muharrirligida ingliz tiliga tarjima qilindi.
Tarjimon Feruzabonu Bekmurodova tomonidan tayyorlagan ushbu ijodiy ishga bir yildan ortiq vaqt sarflangan va unga angliyalik yozuvchi va tarjimon Jonatan Champion taqriz bergan.
Oʻylaymizki, bu kitob Oʻtkir Hoshimov ijodini xorijliklarga tanitish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi.
O'zMU Axborot xizmati