Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Daniyaning Kopengagen universiteti bilan aloqalar tiklanadi

Bugun Daniyaning Kopengagen universiteti professori O'zMUning sobiq bitiruvchisi Begzod Xakimov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ikkala OTM o’rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Kelgusi o’quv yilidan boshlab o’quv jarayonlariga Kopengagen universiteti olimlarini jalb etish bo’yicha hamkorlik o’rnatishga kelishib olindi. Xususan, Kimyo, Biologiya, Fizika, Ijtimoiy fanlar fakultetlari talabalari uchun daniyalik professorlarni jalb etishda imkoniyatlar mavjud ekanligi professor tomonidan ta’kidlab o’tildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi