Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

«DEKAN KUBOGI» bahslariga start berildi

OʻzMU Taekvondo va sport faoliyati fakultetida futbol sport turi bo’yicha «DEKAN KUBOGI» bahslariga start berildi. Ushbu musobaqada fakultetning 1-4 bosqich talabalari ishtirok etmoqda.
“Maqsadimiz talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish va Sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish hamda talaba-yoshlarimizni har xil zararli va xavfli illatlardan asrash” deya ta’kidladi fakultet dekani V.Rahimov.


Keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda o'tayotgan bahslar yakunida gʻolib jamoalar Dekan kubogi, diplom va estalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

OʻzMU Axborot xizmati