Doktorantura qabul 2023

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), maqsadli doktorantura (DSc) va stajyor tadqiqotchilik institutiga 2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitish uchun O‘zbekiston Milliy universitetiga ajratilgan qabul kvotasi to‘g‘risidagi axborot ma'lumot va ijro uchun yuborilmoqda.
Hujjatlar ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan davrda Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi. Ma’lumotlarni olish uchun Universitetning Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.