«Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaning limit teoremalari» Xalqaro ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Rossiya Fanlar Akademiyasining V.A.Steklov nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda O'zbekiston Milliy universitetida "Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaning limit teoremalari" Xalqaro ilmiy konferensiyasi o'tkazildi. Bugun konferensiyaning ochilish marosimi va plenar majlislari bo'lib o'tdi.



Konferensiyaning ochilish marosimida O'zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktori akademik SH.A.Ayupov, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori A.V.Bulinskiy va Rossiya Fanlar akademiyasi V.A. Steklov nomidagi matematika institutining Sankt-Peterburg bo'limi direktori o'rinbosari professor D.N.Zaporojeslar nutq so'zlab, konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Konferensiya turli davlatlar olimlari o'rtasidagi hamkorlik va aloqalarni kengaytirish hamda ularga quyidagi sohalardagi yangi natijalar va usullarni muhokama qilish imkoniyatini berish maqsadida o'tkazildi:
• Tasodifiy miqdorlar va vektorlar yig'indisi uchun limit teoremalar;
• Tasodifiy jarayonlar uchun limit teoremalar;
• Statistikaning asimptotik masalalari;
• Stoxastik dinamik sistemalar;
• Moliya va aktuar matematika;
• Ehtimoliy-statistik usullarning tatbiqlari.
Konferensiya ishida Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon , Qozog'iston va boshqa davlat olimlari ishtirok etdi. Konferensiya kunlari plenar majlislarda 18 ta ma'ruzalar, seksiyalarda 40 dan ortiq ma'ruzalar eshitiladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga professorlar Vatutin V.A., Prokopenko E., YArovaya E.B., SHiryaeva E.A., Zaporojes D.N., Bashtova E. Ye., Presman E.L. tashrif buyurishdi.
O’zMU Axborot xizmati