Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Elsevier kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv

Bugun 3 iyun kuni xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Hikmat Saburov hamda xalqaro hamkorlikni tashkil qilish boʼlim boshligʼi Gʼolibjon Yoziyev Elsevier kompaniyasining Osiyo va Ozarbayjondagi mintaqaviy vakili Rabiga Kojamkul va Elsevierning Rossiya va Markaziy Osiyodagi tahliliy yechimlar maslahatchisi Kirill Ivanovlar bilan onlayn uchrashdilar. Mazkur uchrashuvda Oʼzbekiston Milliy universitetining Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan jurnallari faoliyatini toʼgʼri tashkil qilish, bazaga kiradigan jurnallarga qoʼyilgan talablar va klassifikatorlar toʼgʼrisida fikr almashildi. Natijada, OʼzMUda gumanitar yoʼnalishda jurnal nashr qilish boʼyicha toʼxtamga kelinildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi