Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Elsevier tashkilotining O‘rta Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha bosh maslahatchisi ishtirokida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 26 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy Universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limida Elsevier (Scopus) tashkilotining O‘rta Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha bosh maslahatchi Rabiga Kojamkul hamda Iqtisodiyot va Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi onlayn seminar-trening mavzusi Scopus bazasida fanlararo hammualliflikda maqola chiqarish uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakllantirish, turli xil fanlar tarkibidagi yo‘nalishlar kesishgan nuqtasiga oid mavzularda maqolalar chiqarish, va shu yo‘l orqali professor-o‘qituvchilar maqolalarining xalqaro jurnallarda chop ettirishga bag‘ishlangan. Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida “Jurnal Klubi” tuzilib, ushbu klub vositasida hammualliflikda fanlararo maqolalar chiqarish imkoniyatlari tahlil etildi. Fanlararo hammualliflikda maqola chiqarish hozirgi kunda xalqaro ilmiy maydonda faoliyat yuritayotgan olimlar orasida keng qo‘llanilib, bunday yondashuv natijasida iqtiboslar sonini ko‘paytirish hamda professor-o‘qituvchilarining h-index ko‘rsatkichini oshirish imkoniyatini beradi.

“Jurnal Klubi” aʼzolari faoliyatini hamohanglashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida mazkur onlayn seminarda ishtirok etayotgan o‘qituvchi-professorlar guruxi tuzilib, fanlararo hammualliflikda maqola chiqarishda, va birgalikda faoliyat yuritishlariga hamda turli xildagi savollariga javob olishlarilashga yordam beradi.

Xalqaro aloqalar bo'limi