15 faculties. 80 chairs. 16 joint education programs. Number of students 30,000+. The number of professors and teachers is 2000+. The number of graduates is 200,000+.

Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) bilan hamkorlik seminari

Universitetda xalqaro loyihalarning mavjudligi, xalqaro loyihalarda professor-o‘qituvchilar ishtiroki, loyihalardan universitetga kelib tushadi mablag‘ miqdori, talabalarning xalqaro ilmiy loyihalarda ishtiroki universitetning xalqarolashuv darajasini aniqlaydigan me’zonlardan hisoblanadi. Xalqaro reytinglarda ishlash bo‘limining npavbatdagi onlayn seminari xuddi shu masalalarga qaratildi.
Onlayn seminarda Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova, Qudratxon Bahodirov va universitet professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchi-doktorantlar hamda xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.
Seminarda Erasmus + dasturining 2021 – yilga mo‘ljallangan yangi tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berildi. SBHE, Erasmus Mundus dasturlari, xalqaro kredit mobilligi, Erasmus Mundus Joint Masters, Erasmus Mundus dasturlarini tayyorlash, Erasmus Mundus Design Measures, Jean Monnet loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shuningdek, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abduraxmonova tomonidan bugungi kunda universitetda mavjud loyihalarni bajarilish holati, o‘tkazilgan monitoring natijalari, yangi loyihalarda ishtirok etish uchun bir qancha foydali takliflar va amaliy tavsiyalar berdi. Uchrashuv so‘ngida esa Aziza Abduraxmanova universitetda mavjud loyiha koordinatorlarining alohida onlayn chiqishlarini tashkil qilish va universitet jamoasini batafsil xalqaro loyihalari, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar va kutiladigan natijalar borasida to‘liq ma’lumot olishlariga qaratilgan onlayn-monitoring o‘tkazish taklifini bildirdi. Taklif xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zMU Axborot xizmati