15 faculties. 80 chairs. 16 joint education programs. Number of students 30,000+. The number of professors and teachers is 2000+. The number of graduates is 200,000+.

OʼZMU IFTIXORLАRI TАQDIRLАNDI!

Bugun, 25 avgust kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti Ilmiy Kengashida “Tokio – 2020 XXXII yozgi Olimpiya oʼyinlari”da ishtirok etgan va gʼoliblikni qoʼlga kiritgan universitet talabalari taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida universitet rektori Inomjon Madjidov soʼzga chiqib, yurtimizda sport sohasi va sportchilarga davlatimiz tomonidan yuksak eʼtibor qaratilayotganligi hamda bunday eʼtiroflar natijasida yoshlarimiz, hususan, talabalar orasida ham yangi iqtidor egalari yetishib kelayotganligini taʼkidladi.

Darhaqiqat, bugun Oʼzbekiston Milliy universitetida 202 nafar talabalar turli sport sohalari boʼyicha Oʼzbekiston, Osiyo va Jahon chempionatlarida gʼoliblikni koʼlga kiritgan. Yaqindagina universitetning Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti talabalari Ulugʼbek Rashitov va Svetlana Osipovalar“Tokio–2020 XXXII yozgi Olimpiya oʼyinlari” yoʼllanmasini qoʼlga kiritdi hamda Ulugʼbek Rashitov mazkur olimpiada “Oltin” medaliga sazovor boʼldi. Mazkur gʼalabalar natijasida talabamiz Ulugʼbek Rashitov davlatimiz rahbari tomonidan munosib taqdirlanib, “Oʼzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Oʼzbekiston Milliy universiteti Ilmiy Kengashida rektor Inomjon Madjidov mazkur sportchi talabalarni yuksak natijalar bilan tabriklab,ularga universitet Faxriy yorligʼi, noutbuk, planshet, qimmatbaho esdalik sovgʼalari hamda pul mukofotini topshirdi.

Taqdirlash marosimida soha prorektorlari, fakulьtet dekanlari hamda universitet ilmiy Kengashining faxriy ustozlari ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini dunyo miqyosida munosib himoya qilayotgan mazkur sportchi talabalarimizning kelgusi faoliyatlariga ham ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Jonajon Vatanimiz dovrugʼini dunyoga keng tarannum etayotgan shunday oʼgʼil-qizlarni tarbiyalab, kamolga yetkazgan ota-onalariga chuqur minnatdorchilik bildirildi.

OʼzMU Аxborot xizmati