The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

O’zMU tadqiqotchisi London universiteti Kolledjining Neyrologiya institutida

Biologiya fakulteti Biofizika kafedrasi oʼqituvchisi Komilova N.R. Buyuk Britaniyaning London universiteti Kolledjining Neyrologiya institutida 13.05.2022 dan 11.11.2022 yilgacha rejalashtirilgan 6 oylik stajirovka oʼtamoqda. Ushbu taʼlim muassasasi Times Higher Education reytingiga muvofiq Buyuk Britaniyadagi top oʼntalikdan va dunyo miqyosidagi top yuztalikdan oʼrin olgan.
Safar davomida ilgari amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish, xususan, Parkinson kasalligining molekulyar mexanizmlarini oʼrganish, neyrodegenerativ kasalliklarda bosh miya hujayralarining oʼlimini oldini olish yoki kamaytirish xususiyatiga ega boʼlgan moddalarni skriningini amalga oshirish, birlamchi hujayralar kulturasi bilan ishlash koʼnikmalarini rivojlantirish, Oʼzbekistondan olib boriladigan yangi va hali toʼliq tadqiq etilmagan moddalarni hujayralarga taʼsirini aniqlash kabi ilmiy ishlar rejalashtirilgan.
Shuningdek, kelgusidagi xalqaro hamkorliklarni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida Neyrologiya institutida tashkil etiladigan seminarlarda Oʼzbekiston Milliy Universiteti amalga oshirilayotgan tadqiqotlar haqida maʼlumot berish koʼzda tutilgan.