15 faculties. 80 chairs. 16 joint education programs. Number of students 30,000+. The number of professors and teachers is 2000+. The number of graduates is 200,000+.

Tokio shahridagi Olimpiya oʼyinlariga start berildi


Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Milliy universiteti talabalari Tokio – 2020 Olimpiya va Paralimpiya yoʼllanmasini qoʼlga kiritgan edi. Tokio-2020 oʼzbekistonlik sportchilar bugun, 24 iyulь kuni Tokio olimpiadasida dastlabki kun bahslari oʼtkazildi. Unda quyidagi sportchi talabalarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:

  • Аzizbek Аbdulxabibov (Par Kanoe);
  • Ziyoda Isoqova (Partaekvondo);
  • Nuriddin Davlatov (Par Pauerlifting);
  • Farxod Umirzoqov (Par Pauerlifting);
  • Osipova Svetlana (Taekvondo WT);
  • Ulugʼbek Rashitov (Taekvondo WT);
  • Zuxriddin Toxirov (Partaekvondo WT).
    Tokio Olimpiadasida taekvando musobaqalariga qura tashlash marosimi boʼlib oʼtdi. Unga koʼra, 25 iyulь kuni talabamiz Ulugʼbek Rashitov dastlabki bosqichda Mali davlati sportchisi Seydu Fofanaga qarshi jang qiladi. Ushbu juftlik gʼolibi 1/8 finalda koreyalik Li Dae Xunga qarshi dayanga chiqadi. 27 iyulь kuni esa Svetlana Osipova 1/8 finalda qozogʼistonlik Jansel Deniz bilan bahs olib boradi.
    Ushbu yirik olimpiadada ishtirok etayotgan barcha sportchilarimizga universitet rahbariyati nomidan faqat omad va zafarlar tilab, qoʼllab-quvvatlab turamiz.
  • OʼzMU Аxborot xizmati