{"id":222,"date":"2021-06-22T15:04:56","date_gmt":"2021-06-22T12:04:56","guid":{"rendered":"http:\/\/nuu.idtm.uz\/?page_id=222"},"modified":"2021-06-22T15:19:12","modified_gmt":"2021-06-22T12:19:12","slug":"academicians","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/nuu.uz\/en\/academicians\/","title":{"rendered":"Academicians"},"content":{"rendered":"<p>1918-yilda Toshkentning eski shahar qismida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo\u2018ja Behbudiy, Abdulla Avloniy singari ma\u2018rifatparvarlar tashabbusi bilan milliy dorilfunun tashkil qilingan. Universitet dastlab, ya\u2018ni 1918-yildan Xalq universiteti degan nom bilan faoliyat ko\u2018rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan esa O\u2018rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan 2000-yilgacha Toshkent davlat universiteti deb yuritilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1995-yil 14-sentyabrda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulug\u2018bek (Muhammad Tarag\u2018ay Ulug\u2018bek) nomi berildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Fakultetlar:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\"><li>Tarix fakulteti<\/li><li>Kimyo fakulteti<\/li><li>Fizika fakulteti<\/li><li>Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti<\/li><li>Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti<\/li><li>Iqtisodiyot fakulteti<\/li><li>Jurnalistika fakulteti<\/li><li>Xorijiy filologiya fakulteti<\/li><li>Matematika fakulteti<\/li><li>Biologiya fakulteti<\/li><li>Taekvondo va sport faoliyati fakulteti<\/li><li>Ijtimoiy fanlar fakulteti<\/li><\/ol>\n\n\n\n<p>Universitet nafaqat respublikada, balki mintaqada ilk tashkil etilgan oliy ta\u2019lim muassasasi hisoblanadi. Universitet olimlari va o\u2018qituvchilari jamoasining ilm-fan, ta\u2019lim, ma\u2019rifat sohasidagi, ilmiy tadqiqot, ta\u2019lim tizimini shakllantirishdagi alohida o\u2018rni va xalqaro nufuzini e\u2019tiborga olib, 2000-yil 28-yanvarda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq mazkur ilm maskaniga &#8220;Milliy universitet&#8221; maqomi berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019bekiston Milliy universitetida taxsil olgan juda ko\u2019plab olimlar etishib chiqdi, xususan O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari (A.A.Abduvahobov, J.A. Azimov, T.A.Azlarov, Sh.A.Alimov, Sh.A.Ayupov, T.N.Dolimov, T.J.Jo\u02bbrayev, T.S.Yo\u02bbldoshboyev, A.T.Mamadalimov, J.A.Musayev, M.M.Musaxonov, A.R.Muhammadjonov, T.M. Mo\u02bbminov, N.A.Parpiyev, S.Sh.Rashidova, M.Salohiddinov, Sh.I.Solihov, N.Yu.Sotimov, B.O.Toshmuhamedov, S.Sh.Shermuhamedov va boshqalar) bor. Universitetda muhim fan tarmoqlari bo\u02bbyicha ilmiy maktab va yo\u02bbnalishlar yaratildi. Xususan, universitet olimlarining mat. va mexanika (V.I.Romanovskiy, T.A. Sarimsoqov,S.H. Sirojidsinov, Sh.Q. Farmonov, T.A.Azlarov, M.S. Salohiddinov,A.S. Sadullaev, Sh.A. Ayupov, Sh.O.Alimov, M.T.O\u02bbrozboyev, A.Begmatov), fizika (S.V.Starodubsev, O. Xolmuhamedov, Sh.Otajonov, S.U. Umarov, R.X.Mallin, kimyo (O.S.Sodiqov, R.Tillayev, K.S.Ahmedov, O\u02bb.N.Musayev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov), biol. (Ye.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.T.To\u02bblaganov, A.Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo (S.N.Rijov, X.A.Abdullayev), biokimyo va biofizika (Yo.X.To\u02bbraqulov), baland tog\u02bblarni o\u02bbzlashtirish (I.A.Raykova), genetika (JA.Musayev), geol. (A.S.Uklonskiy, O.I.Islomov, T.N.Dolimov), geogr. (L.N.Korjenevskiy, A.Soliyev, Z.M.Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A.T. Ayupov, K.S.Sodiqov, E.Yusupov, S. Shermuhamedov, J.M.Boboyev, I.Rahimov), tarix (V.V.Bartold, A.A.Semyonov), huquqshunoslik (H. S.Sulaymonova, O.E.Eshonov, Sh.Z.O\u02bbrazayev), sharqshunoslik (Sh.Shomuhamedov), filol. (G\u02bb.K.Karimov, O.Sharafiddinov, S.D. Dolimov, A.G\u02bb.G\u02bbulomov, L.P.Qayumov, B.Qosimov, U.Normatov, A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev), psixologiya (E.G\u02bboziyev), sotsiologiya (N.Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.<\/p>\n\n\n\n<p>Uni tashkil topgandan beri mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi. Universitetda taniqli shoir va yozuvchilardan Oybek, M.Avezov, A.Qahhor, A.Muxtor, P.Qodirov, O.Yoqubov, O\u02bb.Hoshimov, O\u02bbzbekiston Qahramonlari O.Sharafiddinov, A.Oripov, E.Vohidov va boshqalar o\u02bbqigan.<\/p>\n\n\n\n<p>Unda &#8220;O\u02bbzMU xabarlari&#8221; jurnal (1997) va &#8220;Milliy universitet&#8221; gaz. (1918) chiqadi. universitet o\u02bbz bosmaxonasiga ega bo\u02bblib, unda har yili professor-o\u02bbqituvchilarning 1000 dan ortiq ilmiy asar va o\u02bbquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1918-yilda Toshkentning eski shahar qismida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo\u2018ja Behbudiy, Abdulla Avloniy singari ma\u2018rifatparvarlar tashabbusi bilan milliy dorilfunun tashkil qilingan. Universitet dastlab, ya\u2018ni 1918-yildan Xalq universiteti degan nom bilan faoliyat ko\u2018rsatgan. 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan esa O\u2018rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan 2000-yilgacha Toshkent davlat universiteti deb yuritilgan. 1995-yil 14-sentyabrda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori bilan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"class_list":["post-222","page","type-page","status-publish","hentry"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nuu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/222","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/nuu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/nuu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nuu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nuu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=222"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nuu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/222\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":225,"href":"https:\/\/nuu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/222\/revisions\/225"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nuu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=222"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}