{"id":20187,"title":"\u201cForishga sayohat qil\u201d turizm aksiyasi o\u2018tkazildi","content":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Joriy yilning 9-11-iyul kunlari Jizzax viloyati Forish tumanida O\u2018zbekiston Milliy universiteti tomonidan \u201cForishga sayohat qil\u201d turizm aksiyasi tashkil etildi.<\/p>\n<p>Mazkur aksiya doirasida \u00abTurizm istiqbollari yoshlar nigohida\u00bb mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda \u00abForish-Nurota-Mojrum turistik ob\u2019yektlarida mexmonxona servisi va gastroturizmning dolzarb masalalari\u00bb mavzusida seminar-trening o\u2018tkazildi.<br \/>\nTadbirlarda O\u2018zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, viloyat turizm boshqarmasi, tuman hokimligi mutasaddilari, Forish tumanidagi uy mexmonxonalari hamda ovqatlanish shahobchalari vakillari ishtirok etishdi.<\/p>\n<p>Ilmiy-amaliy anjumanda O\u2018zMU prorektorlari, Ravshan Musurmonov, Jabbor Muhammadiyev, Vali Yodgorov, tarix fanlari doktori, professor Akbar Bobobekov, Avaz Ermatov, Jizzax viloyat turizm boshqarmasi bo\u2018lim boshlig\u2018i Fayoz Qo\u2018shoqovlar so\u2018zga chiqib, Forish tumanining turizm imkoniyatlari haqida o\u2018z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari bilan o\u2018rtoqlashishdi.<\/p>\n<p>Tadbir davomida ishtirokchilar Majrum qishlog\u2018idagi ekoturizm ixlosmandlariga xizmat ko\u2018rsatuvchi mehmon uylari faoliyati bilan tanishishdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Forish tuman 30-son madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan \u201cBog\u2018don\u201d folklor etnografik xalq ansambli ijodkorlari tomonidan ijro qilingan Forish tumani tarixi, urf-odat va an\u2019analarini aks ettiruvchi kuy-qo\u2018shiqlar, laparlar, aytishuvlar, xalq og\u2018zaki ijodi namunalari yig\u2018ilganlarda katta qiziqish uyg\u2018otdi.<\/p>\n<p><\/p>\n<div style=\"padding:10px;\">\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-16935\" src=\"http:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/photo_2024-07-11_16-31-52-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-16936\" src=\"http:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/photo_2024-07-11_15-43-58-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-16937\" src=\"http:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/photo_2024-07-11_15-48-22-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-16938\" src=\"http:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/photo_2024-07-11_15-44-07-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-16939\" src=\"http:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/photo_2024-07-11_15-44-16-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" \/>\n<\/div>\n<p>O\u2018zMU Axborot xizmati<\/p>","date":"2024-07-11 14:35:12","image":null}