{"id":35059,"title":"O\u2018zbekiston Milliy universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi","content":"<p>O\u2018zbekiston Milliy universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Milliy universitetida \u201cPayshanba \u2013 yoshlar kuni\u201d doirasida Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.<\/p>\n<p>Unda universitet birinchi prorektori Tunis Xojiyev, fakultet dekani Zafar Rahmonov, xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha maslahat kengashi raisi Ra\u2019no Rustamova, profilaktika inspektorlari podpolkovnik Alisher Abdulhaqov, katta leytenant Husniddin Orzimatov hamda tegishli bo\u2018limlar mas\u2019ullari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Uchrashuv davomida yoshlarni turli yot g\u2018oyalar, axborot xurujlari va huquqbuzarliklardan asrash, ularni qonunlarga hurmat, vatanparvarlik va fuqarolik mas\u2019uliyati ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi. Shuningdek, talaba-yoshlarning bo\u2018sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish hamda tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.<\/p>\n<p>Davra suhbati jarayonida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o\u2018tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Talabalar tomonidan ilgari surilgan g\u2018oya va takliflarni amaliyotga tatbiq etish, iqtidorli yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy va ijodiy loyihalarini rivojlantirish bo\u2018yicha aniq rejalar belgilab olindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, talaba-yoshlar o\u2018zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, ulardan batafsil va atroflicha javoblar oldilar. Uchrashuv yoshlar uchun muhim muloqot maydoniga aylanishi bilan birga, ularning fikr va tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlashga xizmat qildi.<\/p>","date":"2026-03-12 13:44:05","image":"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/photo_2026-03-12_13-02-24.jpg"}