{"id":576,"title":"PREZIDENTLIK S\u0410YLOVI \u2013 DEMOKR\u0410TIK YANGIL\u0410NISH H\u0410MD\u0410 ISLOHOTL\u0410R KO\u02bcZGUSI","content":"<p>Ma\u02bclumki, rivojlangan demokratik davlat, erkin va mustaqil, farovon jamiyat qurishdek g\u02bcoyat muhim jarayonda milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov qonunchiligi va amaliyotini umume\u02bctirof etilgan xalqaro standartlar bilan uyg\u02bcunlashtirish, fuqarolarning saylov huquqlarini yanada keng va to\u02bcla ta\u02bcminlashning muhim omili hisoblanadi. Bu yil mamlakatimiz va xalqimiz hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon, O\u02bczbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo\u02bclib o\u02bctishi belgilangan. Shu munosabat bilan, hozirda butun respublikamiz bo\u02bcylab saylov jarayonlariga qizg\u02bcin tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov4-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-577\" srcset=\"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov4-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov4-300x200.jpg 300w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov4-768x512.jpg 768w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov4.jpg 1250w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>Joriy yilning 18 avgust kuni Mirzo Ulug\u02bcbek nomidagi O\u02bczbekiston Milliy universitetida 2021 yil 24 oktyabr\u044c kuni bo\u02bclib o\u02bctadigan O\u02bczbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlariga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahalla fuqarolari yig\u02bcinlariga biriktirilgan oliy ta\u02bclim muassasalari mas\u02bcullarining yig\u02bcilishi bo\u02bclib o\u02bctdi. Yig\u02bcilishda O\u02bczbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent tibbiyot akadekmiyasidan biriktirilgan mas\u02bcullarning tegishli mahallalarda ishlarni tashkil etishi va chora-tadbirlar tartibi ko\u02bcrib chiqildi. Mazkur yig\u02bcilishda O\u02bczbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ishtirok etdi hamda biriktirilgan tegishli mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo\u02bclgan muhim vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka ta\u02bcsirchan usullarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko\u02bctarish, ularda islohotlarga daxldorlik tuyg\u02bcusini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, o\u02bczaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlarni tashkil etish hamda targ\u02bcibot tadbirlarini o\u02bctkazishda tumanning o\u02bcziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, o\u02bcsha hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi keng qatlamlariga yetkazilishini ta\u02bcminlash xususida fikr yuritdi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov6-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-579\" srcset=\"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov6-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov6-300x200.jpg 300w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov6-768x512.jpg 768w, https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov6.jpg 1250w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>Shundan so\u02bcng O\u02bczbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Xasanova so\u02bczga chiqib, joriy yilda saylov qonunchiligidagi asosiy o\u02bczgarishlar xususida ma\u02bclumot berdi. O\u02bczMU dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Xayrulla Umarov \u201cPrezidentlik saylovi \u2013 demokratik islohotlarning mantiqiy davomi\u201d mavzusidagi ma\u02bcruzasi orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan saylov islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati to\u02bcg\u02bcrisida to\u02bcxtalib o\u02bctdi.<br>Yig\u02bcilish yakunida O\u02bczMU Yoshlar masalalari va ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy ishlar bo\u02bcyicha prorektor Kamoliddin Mirzaaxmedov tegishli mahallalarga biriktirilgan mas\u02bcullar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish yuzasidan takliflarini bildirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>O\u02bczMU \u0410xborot xizmati<\/strong><\/p>","date":"2021-08-18 20:27:00","image":"https:\/\/nuu.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/saylov5.jpg"}