The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is 105 years old!

Zamonaviy dunyoning sotsiomadaniy manzarasi va ijtimoiy tizimlar transformasiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomigani O‘zbekiston Milliy universiteti “Sotsiologiya” kafedrasi tomonidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda “Zamonaviy dunyoning sotsiomadaniy manzarasi va ijtimoiy tizimlar transformatsiyasi” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya jarayonida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy maqolalar tahlil qilindi:

  1. Zamonaviy ijtimoiy voqelikning o‘ziga xosligi va zamonaviy jamiyat dinamikasini aniqlash
  2. Mintaqa aholisi qadriyatlarining dinamikasi
  3. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy maydoni: an’analar va innovatsiyalar
  4. Zamonaviy dunyo ijtimoiy manzarasining transformatsiyalashuvi
    Shuningdek, konferensiya doirasida ta’lim, migratsiya, kundalik hayot, yoshlar, oila va gender, bandlik, boshqaruv, urbanizatsiya kabi yo‘nalish va sohalarda innovatsion texnologiyalarga oid ma’ruzalar tinglandi.
    Bugungi kunda globallashuv sharoitida dunyo mamlakatlari barcha sohalarda, barqaror taraqqiyot yo‘lida o‘zlarining o‘rinlariga ega bo‘lib bormoqda. Albatta, bunda har bir davlatning tabiiy va iqtisodiy omillari bilan birga. inson omili, jumladan, yosh avlodlarni tarbiyalash, shart-sharoitlar yaratish, ularning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish muhim. Davlat va jamiyat boshqaruvida ham, biznesni taraqqiy ettirishda ham, umuman, barcha soha rivojida salohiyatli yoshning alohida o‘rni bor. Sababi, ular jamiyat uchun “yangi qon” vazifasini o‘taydi. Yangidan-yangi tashabbus-g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformasiyalashuvi masalalarini o‘rganish va tahlil etish alohida ahamiyat kasb etadi.
    Shunindek, mazkur konferensiya orqali xalqaro ekspert va olimlar, soha  mutaxassislari ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirilishi, mamlakatlarining ilm-fan, madaniyat hamda xalq diplomatiyasi sohasidagi tajribalari o‘rganishi amalga oshirildi va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi hamda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha xulosa hamda takliflar berildi.

Shunindek, mazkur konferensiya orqali xalqaro ekspert va olimlar, soha  mutaxassislari ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirilishi, mamlakatlarining ilm-fan, madaniyat hamda xalq diplomatiyasi sohasidagi tajribalari o‘rganishi amalga oshirildi va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi hamda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha xulosa hamda takliflar berildi.

Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, 10 ga yaiqn xoirijy davlatalardan hamkorlar, jumladan Qozog‘iston Respublikasi N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, J. Balasagыn nomli Qirg‘iziston milliy universiteti, Hindiston sosiologlar hamjamiyati, Sankt-Peterburg davlat texnik instituti, G.R.Derjavin nomli Tambov davlat universiteti, “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, izlanuvchilar, magistrlar va talabalar  ishtirok etdi.  


Konferensiya so‘ngida xorijiy mutaxassislar talabalarga maxsus seminar-treninglar olib bordi. Faol ishtirok etgan ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

O‘zMU Axborot xizmati