Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Eng yaxshi kitobxon talaba” Respublika ko’rik-tanlovining universitet bosqichiga start berildi

Bugun, 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Milliy universitetida “Eng yaxshi kitobxon talaba” Respublika ko’rik-tanlovining universitet bosqichi oʻtkazildi. Ushbu koʻrik-tanlovda 50 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovning asosiy maqsadi talabalar o'rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini targ'ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste'dodli yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat.


Respublika koʻrik-tanlovi 4 bosqichda oʻtkazilib, unda ishtirokchilar quyidagi 3 ta shart boʻyicha oʻz bilimlarini bellashadilar:
1) "Eng bilimdon kitobxon" sharti (test shaklida);
2) "Annotatsiya mahorati" sharti;
3) "Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ'ib etish" sharti.
G’olib boʻlgan talaba-yoshlar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.
Tanlovning 1-bosqich - oliy ta’lim muassasasi bosqichi natijalari 10-oktabr kuni universitet sayti (www.nuu.uz) va universitetning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari (https://t.me/nuu_uz) da e’lon qilinadi.

O'zMU Axborot xizmati