“ERKIN VOHIDOV – EL SEVGAN SHOIR” NOMLI MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 6-may kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar hiyobonida talaba-yoshlar ishtirokida Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Erkin Vohidov – El Sevgan Shoir” nomli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Dilrabo Kazakbayeva boshchiligida 50 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning hayot yo‘li, shoir ijodi yuzasidan olib borilayotgan ilmiy, ijodiy tadqiqotlar va ularning o‘zbek adabiyotshunosligida tutgan o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.


O‘zMU 2-bosqich talabalari tomonidan aytilgan Erkin vohidov qalamiga mansub she`rlar barchada o`zgacha taassurot qoldirdi. Shuningdek tadbirda Erkin Vohidov hayoti va ijodi yuzasidan blits savol-javoblar, shoir she’rlari asosida “Bahru bayt” musobaqasi, Erkin Vohidov portretiga chizgilar mavzusida qiziqarli va noan`anaviy shaklda o`tkazildi.
Ochiq osmon ostida, so‘lim tabiat bag‘ridagi tadbir dastlab Erkin Vohidov ijodi bo‘yicha boshlangan “Bahru bayt” musobaqasi talabalarning o‘z ijod namunalaridan aytilgan mushoiraga ulanib ketdi.
O`zMU Axborot xizmati