Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Fan va ta’lim integratsiyalashuvida barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Joriy yilning 6-iyun kuni O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi va “O’zbekiston-Fransiya” do’stlik jamiyati bilan hamkorligida tashkil etilgan “Fan va ta’lim integratsiyalashuvida barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanning maqsadi Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi fan va ta’lim taraqqiyotini ta’minlovchi g‘oyalarni aniqlash, zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va integratsiyalashuviga keng imkon yaratishdan iborat. Anjumanda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti, Bellarus davlat universitetlaridan vakillar, Xalqaro Ta’lim va Birdamlik Tashkiloti, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha koordinatorilari (A.S.I.E.) va stajorlari online hamda oflayn tarzda ishtirok etishdi.

Anjuman vazifalarini quyidagilar ko‘rib chiqildi:

-barqaror rivojlanish maqsadlarining taraqqiyot strategiyasidagi roli;

-qashshoqlik va ochlikka barham berishda sifatli ta’limning ahamiyati;

-atrof-muhit, ekologiya, toza suv hamda muqobil energiya masalalarini o’rganish;

-barqaror mehnat muhofazasi va jamiyatda gender tenglik;

-innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy tamoyillar.

Konferensiyada “Ilmiy tadqiqot yo’nalishlarida BRMning aks etishi”, “Universitetlar va intellektual mulk: qanday qilib intellektual mulk yaratish siyosatini tartibga solish mumkin?”, “A.S.I.E. jamiyatining BRM oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida targ‘ib etishdagi o‘rni”, "O‘zbekistonda xotin-qizlarning stem sohasidagi faoliyati", "Harnessing the Power of Sustainable Development: Integrating Science and Education to Achieve the Goals of Sustainable Development",“Les projets des ODD et sa réalisation par les associations” mavzularida nutq tinglandi. Ularda asosan barqaror rivojlanish maqsadlarining mohiyati, uni ta’lim bilan o‘zaro bog‘liqligi, ekologiya, sog‘liqni saqlash masalarining tub mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston Milliy universiteti Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi boshlig’i  Rofiyeva G. “Ilmiy tadqiqot yo’nalishlarida BRMning aks etishi” mavzusida qilingan ma’ruzada aynan BRM asosida qilinadigan ilmiy ishlarning dolzarbligi, uni jamiyat, insonlar uchun qanchalik foyda keltirilishi keng ochib berildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha koordinatori Alain Payen Fransiya tajribasi, qolaversa, A.S.I.E. jamiyati misolida qilingan ishlarni tahlil qildi va kerakli ham zarur takliflarni bildirdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman qizg‘in bahs va munozalarga bor bo‘ldi. Anjuman so‘ngida ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarni ma’ruzachilarga berishdi va ulardan aniq javoblar olishdi. O‘ylaymizki, bundan uchrashuvlar davomiy bo‘ladi.

Xalqaro aloqalar bo'limi