Filolog qizlarning tarixiy tanlovdagi g‘alabasi

M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) federal universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagiO‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “Yo‘lxaritasi” doirasida qator tadbirlar rejalashtirilgan. Ulardan biri esa V xalqaro tarix maktabidir.
M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) federal universiteti va Rossiya tarix jamiyati, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi hamdaRossiya Federatsiyasi Fuqarolik palatasi hamkorligida“Vatan tarixi” jamg'armasi ko‘magi bilan 2023-yil 24-apreldan 28-aprelgacha Arxangelskda V xalqaro tarixmaktabi o‘tkazilmoqda.
V Xalqaro tarix maktabiga a’zo bo‘lish uchuntalabgordan rus tilida erkin shaklda motivatsion xatyoza olish, unda muallif o‘zi haqida, universitetto‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar haqida to‘xtalibo‘tishi, ta’lim va ilmiy qiziqishlar, kelajak rejalarhaqida bayon etishi talab etiladi.
Ushbu tanlovda Mirzo Ulug‘bek nomidagiO‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiyafakultetining 2-3 kurs talabalaridan 24 nafari ishtiroketdi. Natijalarga ko‘ra 2-kurs talabalari Sabrina Norqulova hamda Kamilla Sodiqova g‘oliblikni qo‘lgakiritdi.
Ularni oldinda tajriba almashish, tadqiqotnatijalarini sinab ko'rish, Rossiya tarixi bo'yichabilimlarini chuqurlashtirish, Shimoliy Arxangelskningxilma-xilligi bilan tanishish, taniqli olimlarningma'ruzalarini tinglash va ularni amalga oshirishdayordam olish imkoniyati mavjud.
Maktab tashkilotchilari o'z ishlarini "XVIII-XXI asr boshlarida Rossiya tarixidagi modernizatsiya", "Rossiya madaniyati tarixi", "Ulug' Vatan urushitarixi", "Rossiyaning Shimoli", “Rossiya tarixidagitarixiy va etnografik meros”, “Arktikaning ochilishi vatadqiqi tarixi” kabi mavzu va yo‘nalishlari bo‘yichatashkil etadilar. Har bir yo‘nalish doirasida intensivta’lim dasturi, davra suhbatlari va muhokamalar, shuningdek, loyihalar tanlovi rejalashtirilgan.
O'zMU Axborot xizmati