Fransisk Skorina nomidagi Gomel davlat universiteti Fizika va informatsion texnologiyalar fakulteti professor-o’qituvchilari O‘zMU Fizika fakultetida seminar o‘tkazishdi

Seminarda D.L.Kovalenko F.Skorina nomidagi Gomel universiteti Fizika va informatsion texnologiyalar universitetida o‘quv va ilmiy jarayonning yo‘lga quyilishi, mavjud ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, ishlab chiqarish sohasi bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashning amalga oshirilishi, talablar stajirovkasi va almashinuvi imkoniyatlari hamda hamkorlikda aloqalarning istiqbollari to‘g‘risida ma’ruza qildi.
V.Ye.Gayshun ushbu universitetda ilmiy ishlarning olib borilishi, o‘zi boshchilik qilayotgan Istiqbolli materialshunoslik ilmiy laboratoriyasida zol-gel metodi asosida materialshunoslik, yarimo‘tkazgichli mikroelektronika, qattiq jismlar sirtini qoplash, turli kvars shishalar olishda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. O‘zMU fizika fakulteti olimlari bilan shaffof o‘tkazuvchan oksidlar asosida nanostrukturalangan yupqa plyonkalarning zol-gel va sprey-piroliz usullari yordamida sintez qilish, ushbu plyonkalarda ularning asosida geteroo‘tishlarda elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmlarini o‘rganish, quyosh elementlari va fotodetektorlar uchun mo‘ljallangan struktura, elektrofizik va optik xususiyatlarga ega funksional qatlamlarni yaratishning fizik-kimyoviy asoslarini ishlab chiqish to‘g‘risida to‘xtaldi. Shuningdek, hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihaning istiqbollari, kutilayotgan natijalar bilan tanishtirdi.



Xalqaro aloqalar bo'limi