Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Fransiyalik tadqiqotchilardan yana biri O’zMUda o’z faoliyatini boshladi

Avval xabar berilganidek, O’zbekiston Milliy universiteti Fransiyaning Fuqarolik xizmatlari (Service civique) tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan bo’lib, mazkur hamkorlik doirasida talabalar hamda tadqiqotchilarning amaliyot o’tashi uchun almashinuv amalga oshirilgan. Klotild Brogniart va Madina Irgashevalar tomonidan ayni paytda olib borilayotgan amaliyot shular jumlasidandir.
Navbatdagi amaliyotni o’tash maqsadida, bugun 19-yanvar kuni Fransiyaning Puatye (Université de Poitiers, QS-1001-1200) universitetidan Eliz Boesh Meda O’zMUga tashrif buyurdi. O’zMU va A.S.I.E. o’rtasidagi shartnomaga muvofiq amaliyotchiga Top-500 universitetlar strategiyasi, xalqaro akademik mobillik tashkil qilish, konsalting firmalar bilan ishlash, ta’limni transformatsiya qilish, xalqaro tadbirlar o’tkazish, xorijiy ilmiy loyihalarni amalga oshirishda tajriba almashish va xalqaro aloqalar bo’limi xodimlari kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan amaliy seminarlar o’tkazish kabi vazifalar topshirilgan.
Eliz Boesh Meda 2023-yilning iyul oyiga qadar o’z faoliyatini davom ettiradi.

Xalqaro aloqalar bo'limi