Fransiyaning Puatye universitetiga tashrif

2022-yil 23-may kuni Fransiyaning Puatye universitetiga tashrif buyurgan O'zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Gulasal Rofiyeva mazkur dargohning Til va adabiyot fakulteti dekani bilan muloqotda bo'lib, bunda hamkorlik aloqalarini davom ettirish, magistratura bosqichida ham akademik almashinuvni yo'lga qo'yish hamda sohalar bo'yicha tarjimonlar tayyorlashda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, fakultetdagi xorijlik talabalar uchun mo'ljallangan fransuz tili markazi va uning ishlash tizimi o'rganib chiqildi.
Umumiy 30000 talaba va shundan 4000 xorijlik talabalarga ega bo'lgan Puatye universitetining Xalqaro aloqalar bo'limidagi ishlash jarayoni to'g'risida ma'lumotlar hamd unda modul tizimining boshqa universitetlar kreditiga moslashuvchanlik va shu orqali xorijlik talabalarga qulaylik yaratish yo'llari o'rganildi.



Xalqaro aloqalar bo'limi