Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

«FUJIRAH OPEN-2023» da Taekvondochilarimizdan ajoyib natija

2023-yil 5-fevralda Birlashgan Arab Amirliklarida "FUJAIRAH OPEN-2023" musobaqasi boshlandi. Musobaqaning ilk kunidayoq taekvondochilarimiz tomonidan super natija qayd etildi. Dastlabki kunda kattalar toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 6 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza jami 9 ta medalni qo'lga kiritdi. Shundan 5 ta medalni O'zMUning talabalari qo'lga kiritdi.

Shohsupaga ko'tarilgan sportchilarimiz:

Oltin medal:
-74 kg - Ulug'bek Rashitov
-54 kg - Omonjon Otajonov
-49 kg - Madinabonu Mannopova
+73 kg - Svetlana Osipova

Kumush medal:
-62 kg - Ozoda Sobirjonova

Barchangizni g'alaba bilan tabriklaymiz

O`zMU Axborot xizmati