Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Fundamental va amaliy geografik tadqiqotlarda innovatsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va tabiiy fakulteti professori M.M.Mamatqulov va dotsent P.N.G'ulomovlar tavalludining 90 yilligiga bag'ishlab, “Fundamental va amaliy geografik tadqiqotlarda innovatsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.


Konferensiyaga Respublikamizdagi ko'plab OTM dan 50 ga yaqin geografiya sohasidagi yetuk professor olimlar tashrif buyurishdi.
Tadbir boshida O'zMU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Y.S.Ergashov tomonidan ustoz F.G'ulomovga yo'llangan rektor tabrigi o'qib eshittirildi. Shuningdek O’zMU Tabiiy geografiya kafedrasi mudiri, professor M.Mirakmalov, O'z MU Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi professori F. Xikmatov, Qoraqalpoq Davlat universiteti professori R.Balliyeva, Namangan davlat univrsiteti dotsenti B.Jafarov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti dosenti X.Tursunov va boshqalar ozlarini samimiy tilaklari bilan ustoz F.Gulomovni tabriklashdi.

O'zMU Axborot xizmati