Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Geofazoviy Ekotizimlarni loyihalash mavzusida XVI «Markaziy Osiyoda GАT» – GISCA 2022 va GI2022 qoʼshma anʼanaviy xalqaro ilmiy konferentsiyasi boʼlib oʼtdi

Konferentsiyada Аvstriya - Markaziy Osiyo Geografik axborot tizimlari fanlari markazi, Yevroosiyo va Tinch okeani universiteti tarmogʼi, АQShning Trimble kompaniyasi, Аvstriyaning Vena universiteti va Zaltsburg universiteti, Germaniyaning Barqaror rivojlanish Ebersvalde universiteti, Belgiyaning Gent universiteti, Xitoy fanlar akademiyasining Shinjon Ekologiya va Geografiya instituti, Gonkong baptist universiteti, Xitoyning Janubiy-Gʼarbiy fan va texnologiyalar, Shensi pedagogik, Shinjon pedagogik, Syuyfu pedagogik hamda Uxan universitetlari, Аl-Farobiy Qozogʼiston Milliy universiteti, Saken Seyfullin nomidagi Qozogʼiston agrotexnika universiteti, Shokan Ualixanov nomidagi Kokchetov davlat universitet, M. Kozibaev nomidagi Shimoliy Qozogʼiston davlat universiteti, Qozogʼiston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligining Geografiya va suv xavfsizligi instituti, Qirgʼiziston fanlar akademiyasi Suv va gidroenergetika muammolari instituti, Qirgʼiziston Davlat qurilish, transport va arxitektura universiteti, Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasining suv muammolari, gidroenergetika va ekologiya instituti, Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasining "Muzliklarni tadqiq qilish markazi" davlat ilmiy muassasasi, Tojikiston texnika universiteti, Tojikiston agrar universiteti, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasining Ulugʼbek Astronomiya instituti, Oʼzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti olimlari oʼz ilmiy ishlari bilan qatnashishdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi