Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti jamoasi yil davomida erishgan yutuqlari sarhisobiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi

Oʻzbemiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida 2022-yilda amalga oshirilgan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda talabalar va professor-oʻqituvchilarni erishgan yutuqlari sarhisobiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirga fakultetda faoliyat yurityotgan barcha professor-o'qituvchilar hamda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda dastlab joriy yil davomida fakultetda amalga oshirilgan ishlar haqidagi videorolik namoyish etildi. Tadbir davomida chiroyli kuy-qo'shiqlar, go'zal raqslar, sahna ko'rinishlari hamda QVZ koʻrik tanlovi universitet bosqichi g'olibi "QTT" jamoasining chiqishlari ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. Shuningdek, tadbir yakunida 2022-yil davomida fakultetda oʻrnak koʻrsatgan bir guruh iqtidorli talabalar taqdirlandi.

OʻzMU Axborot xizmati