Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Geografiya va tabiiy resurslar



Geografiya va va tabiiy resurslar fakulteti 2018 yilda geologiya va geografiya fakultetining 2 ta mustaqil fakultetga ajralishidan tashkil etildi. Aslida mustaqil fakultet sifatida 1920 yildan Turkiston davlat universitetining Harbiy fakulteti tarkibida  “Turkiston geografiyasi” va “Geodeziya” kafedralari sifatida o`z faoliyatini boshlagan. 
BIZNING VAZIFAMIZ O`zbekistondagi ilmiy tadqiqot, ishlab chiqarish va oliy ta`lim muassasalari uchun tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, gidrologiya, iqlimshunoslik, kartografiya, geodeziya va boshqa Er haqidagi fanlar sohalari bo`yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni tayyorlash. 

BIZNING QARASHIMIZ 
Tabiiy resurslar jamiyat va inson hayotida markaziy o`rinlardan birini egallaydi, chunki tabiat va jamiyat munosabatlari bir-biri bilan chambarchas bog`iq. Jamiyatning barqaror rivojlanishi ko`p jihatdan geoekologik muammolar bartaraf etish nuqtai nazaridan tabiiy geografik jarayonlarni boshqarishning ilmiy asoslangan usullarni ishlab chiqish bilan hamohangdir. 

Fakultetda  hozirgi paytda keng ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy maktablar mavjud:

  • Professorlar L.N.Babushkin va N.A.Kogay “Tabiiy geografiya va landshaftshunoslik”  ilmiy maktabi
  • Professorlar Z.M.Akromov va A.S.Soliev “O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” ilmiy maktabi
  • Professor A.A.Rafikov “O`zbekiston geoekologiyasi” ilmiy maktabi
  • Professorlar V.L.Shults va O.P.Sheglova “Tog`li hududlar gidrologiyasi” ilmiy maktabi
  • Professor T.M.Mirzaliev “Atlas kartografiyasi“ ilmiy maktabi

GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI  - BU KLASSIK UNIVERSITET TA`LIMINING AJRALMAS QISMI
Oliy ma`lumotli geograf-muhandis mutaxassislarini tayyorlash 1935 yildan boshlangan bo`lsada universitet tashkil topgan dastlabki kunlardan boshlab o`lkamizning tabiati, aholisi va xo`jaligini geografik o`rganish masalalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.O`tgan 80 yildan ortiq vaqt mobaynida Geografiya fakulteti O`zbekistonning oliy geografik ta`lim va geografik tadqiqotlarning markaziga aylandi.2015 yilda, Geografiya fakultetining Geologiya fakulteti bilan birlashtirilishidan so`ng, Geologiya va geografiya fakultetining “Geografiya” bo`limiga aylantirildi, 2018 yil yanvardan boshlab Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti sifatida mustaqil fakultet sifatida qayta tiklandi. 

2. Professor-o’qituvchilar to‘g‘risida

2.1 Professor- o’qituvchilar soni umumiy 48 tani tashkil etadi, jumladan:

  • 8  nafar fan doktori
  • 13  nafar fan nomzodi
  •  3  nafar PhD
  •   24 nafar ilmiy darajasi yo‘q o‘qituvchilar

2.2 Professor- o’qituvchilar tarkibi (erkak 34 / ayol 14)

3. Ta’lim dasturlari soni:

  • Bakalavr - 2 ta yo‘nalishda
  • Magistratura – 4 ta mutaxassislikda
  • Ilmiy darajalar beruvchi 1 ta ilmiy kengash
  • 4  ta mutaxassislikda (DSc, PhD)  

3.1.Bakalavr yo‘nalishlari (kunduzgi):

  • 60530400- Geografiya
  • 60722500- Geodeziya, kartografiya va kadastr

3.2.Qo‘shma ta’lim dasturi - yo‘q

3.3. Bakalavr yo‘nalishlari (kechki):

  • 60530400- Geografiya
  • 60722500- Geodeziya, kartografiya va kadastr

3.4. Bakalavr yo‘nalishlari (sirtqi):

  • 60530400- Geografiya
  • 60722500- Geodeziya, kartografiya va kadastr

3.5. Ikkinchi mutaxassislik:

  • 60530400- Geografiya
  • 60722500- Geodeziya, kartografiya va kadastr

4. Magistratura mutaxassisligi:

  • 70530402-Geografiya (O‘rganish obyekti bo‘yicha )
  • 70530403 – Amaliy geografiya ( sohalari bo‘yicha)
  • 70722502 – Geodeziya va kartografiya (funksiyalari bo‘yicha)
  • 70722601- Geodeziya va geoinformatika

5. Talabalar kontingenti
5.1. Kurslar kesimida
1-kurslar – 353
2-kurslar – 482
3-kurslar – 351
4-kurslar – 196

1-kurs magistrlar – 113
2-kusr magistrlar – 78

5.2. Yigitlar va qizlar soni
Yigitlar soni – 1080  
Qizlar soni – 493  

5.3. Iqtidorli talabalar

FISHYo‘nalishiO‘qituvchisi
1Xudoyberdiev Alisher Xolmamat o‘g‘liGidrometeorologiyaRaxmonov Komiljon Radjabovich
2Yakubov Bahodirjon Bobirjon o‘g‘liGidrometeorologiyaHikmatov Fazliddin Hikmatovich
3Tastemirova Munira GalievnaGeodeziya kartografiya va kadastrYusupjonov Otabek G‘ayibjonovich
4Turdaliev Jamshid Abdusamad o‘g‘liGeodeziya kartografiya va kadastrRo‘ziev Azizbek Savriddinovich
5Qodirov Dilyor Do‘stmat o‘g‘liGeografiyaXakimov Kamollidin Abdukarimovich
6Sattorov Mirshod Ashraf o‘g‘liGeografiyaXakimov Kamollidin Abdukarimovich

5.4. Talabalar turar joyi (Foto) va talabalarning TTJ dan foydalanish ko‘rsatgichi

Hozirgi vaqtda talabalar turar joyida fakultetimizning 223 nafar talabasi istiqomat qilmoqda. Ularning 152 nafari o‘g‘il bolalar, 72 nafari esa qiz bolalarni tashkil etadi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli xil fan va qiziqarli ko‘ngilochar to‘garaklar mavjud.

6. Fakultet tarkibidagi kafedralar nomlari

6.1. Tabiiy geografiya kafedrasi

6.2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi

6.3. Kartografiya  kafedrasi

6.4. Geodeziya va geoinformatika kafedrasi

7. Ilmiy laboratoriyalar

“Fotogrammetriya tadqiqot usullari” hamda “Amaliy geodeziya va raqamli fotogrammetriya” nomli 2 ta laboratoriya mavjud. “Amaliy geodeziya va raqamli fotogrammetriya” laboratoriyasi uchun jihozlar tez kunda kelishi kutilmoqda.

Geodeziya va geoinformatika kafedrasi 2017 yildan buyon Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturining “DsinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasida qatnashib kelmoqda. Ushbu hisobot yilida ushbu loyihaning mablag‘lari hisobidan geodeziya va geoinformatika kafedrasi qoshida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan “E-learning center” markazi tashkil etildi. Ushbu markaz jami qiymati 28660 evro teng bo‘lgan zamonaviy jihozlar: server, kuchli kompyuter va videokonferensiya uchun vositalar bilan jihozlandi. Ushbu markazda tayanch doktorantlar, mutsaqil izlanuvchilar va magistrantlar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

8. Xalqaro aloqalar.

Xorijiy o‘qituvchilar

Professor-o‘qituvchining F.I.SH.LavozimiOTMIzoh
 Xaritonova Tatyana IgorevnaDotsentRossiya, M.V.Lomonosov nomidagi MDUSoatbay
 Petrushina Marina NikolaevnaDotsentRossiya, M.V.Lomonosov nomidagi MDUSoatbay
 Bocharnikov Maksim ViktorovichDotsentRossiya, M.V.Lomonosov nomidagi MDUSoatbay
 Tasbolat BaybolatDotsentQozog‘iston, Janubiy Qozog‘iston davlat universitetiSoatbay
 Saparov Kaut TabildinovichProfessorQozog‘iston, L.N.Gumilyov nomidagi Evrosiyo universitetiSoatbay
 Kurbaniyazov Abulgazi KoptleuovichDotsentQozog‘iston, Xalqaro Qozoq-Turk universiteti  Soatbay
 Kurbaniyazov Saken KoptleuovichDotsentQozog‘iston, Xalqaro Qozoq-Turk universitetiSoatbay
 Trofimets Lyubov NikifrovnaDotsentRossiya, Oryol davlat universitetiSoatbay
 Sankova Yelena AleksandrovnaDotsentRossiya, Oryol davlat universitetiSoatbay
 Gufronov Dodaxon NajmidinovichDotsentTojikiston, Xo‘jand davlat universitetiSoatbay
 Malxazova Svetlana MixaylovnaProfessorRossiya, M.V.Lomonosov nomidagi MDUSoatbay
 Nizamiev Abdurashit GumarovichprofessorQirg‘iziston, Osh davlat universitetiSoatbay
 Tomash KucheraProfessorChexiya, Karlov universiteti,Soatbay
 Kreydenko Tatyana FedorovnaDotsentRossiya, Rossiya xalqlar do‘stligi universitetiSoatbay
 Sergeeva Aygul MaksatovnaProfessorQozog‘iston, K. Jubanov nomidagi Aktyubinsk regional universitetiSoatbay
 Lachininskiy Stanislav SergeyevichDotsentRossiya, Sankt-Peterburg davlat universitetiSoatbay
 Timonin Sergey AndreevichDotsentRossiya, A.G.Vishnevskiy nomidagi demografiya institutiSoatbay
 Abdreeva Sholpan TursыnbaevnaDotsentQozog‘iston, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetiSoatbay
 Xolina Veronika NikolaevnaDotsentRossiya, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)Soatbay
 Mizerovskaya Ulyana ViktorovnaDotsentRossiya, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)Soatbay
 Ableeva Anna GennadevnaDotsentQozog‘iston, Al-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetiSoatbay
 Kasыmkanova Xayni – Kamal MixaylovnaProfessorQozog‘iston, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetiSoatbay
 Gojamanov Magsad HuseynProfessorOzarbayjon, Baku davlat universitetiSoatbay
 Bekturganova Akerke EdenovnaDotsentQozog‘iston, Qozoq Milliy agrar tadqiqot universiteti (KazNAIU)Soatbay
 Katherine ShieldsPhDAQSH,  Oregon universitetiSoatbay
 Da Silva Fernandes Rui ManuelProfessorPortugaliya, Portugaliya davlat universitetiSoatbay
 Michael BrodyProfessorAQSh, Vashington universitetiSoatbay

Xorijiy talabalar

Talabaning F.I.SH.DavlatYo‘nalishi
1Xidirova Ayshat MaqsadmuratovnaTurkmanistonGeografiya
2Zhao Yong FengXitoyGeografiya (tayanch doktorant)
3Chjen XueyXitoyGeografiya (tayanch doktorant)

Xalqaro talabalar almashinuvi(talabalar soni va universitet nomi)

Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi MDU Geografiya fakulteti bilan hamkorlik shartnomasiga muvofiq 2019 yilning 6-17 iyun kunlari fakultetning 9 nafar talabasi va 2 nafar professor-o‘qituvilari MDUning “Ozyori” o‘quv-dala amaliyot bazasida dala amaliyoti o‘tadilar.  

2020 yilning 25 yanvar - 6 fevral kunlari “Chorbog‘” o‘quv-dala amaliyot bazasida MDUning 20 nafar talabalari va 4 nafar professor-o‘qituvchilari dala amaliyoti o‘tadilar.

Shvetsariyaning Friburg universiteti bilan hamkorlik memorandumi doirasida 3 nafar magistrlar 1 oylik stajirovka o‘tdilar.

Avstriyaning Zalsburg universiteti bilan hamkorlik memorandumi doirasida 2 nafar o‘qituvchilar (G‘.Yakubov, O.Arabov) 6 oylik stajirovkada bo‘ldilar.

Xalqaro grant loyihasi

Uzb-Ind-2021-79 “Masofadan zondlash asosida O‘zbekiston tog‘ tizmalaridagi muzliklarning degradasiya jarayoni dinamikasini o‘rganish” (O‘zbekiston-Hindiston hamkorligidagi xalqaro grant loyihasi) 134 975 589 so‘m