Geologiya kafedrasi
Kafedra mudiri - Tog‘ayev Isamiddin Safarovich
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998 (71) 246-09-27
e-mail:Togaev_is@mail.ru
GEOLOGIYA KAFEDRASI TARIXI VA BUGUNGI FAOLIYATI
“Geologiya” kafedrasi 1996-yilda geologiya fakultetining asosini tashkil etuvchi tо‘rtta kafedra “Umumiy geologiya”, “Paleontologiya”, “Litologiya” va “Aerokosmik tadqiqot usullari” kafedralari bazasida tashkil etilgan. Kо‘p yillar davomida bu kafedralarda nafaqat respublikada, balki uning tashqarisida ham taniqli olimlar – akademik V.I.Popov., professorlar T.A.Sikstel., G.S.Chikrizov., S.X.Mirkamalova., O.I.Islomov., Sh.D.Davlatov., U.M.Rasulov., dotsentlar Z.F.Gorizdro-Kulchinskaya, V.G.Muxina., Y.V.Stankevich., N.D.Arapova., S.N.Nurtayev., D.I.Xusanbayev., A.Y.Zaprometov., A.A.Filippov., F.P.Korsakov., Sh.Sh.Shoraxmedov., A.J.Djuliyev., X.Chiniqulov., А.R.Кushakov., S.S.Navruzov., A.Abduvahobov., G.H.Ilxamovalar faoliyat olib borgan.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi professor-o’qituvchilar: I.S.Tog‘ayev., М.S.Karabayev., P.S.Sultonov., А.G.Stelmax., I.B.Тuramuratov., Т.X.Shoymuratov., G.G.Djalilov., X.A.Xusainov., E.M.Аmirov., М.М.Rizayev., M.K.Aripova., M.M.Kurbonova., Sh.A.Toshtemirov., M.M.Alimov., F.S.Cho‘lliyev., X.A.Boboyorov., A.B.Yusupov., B.B.Abdujabborov., А.А.Samiyev., Y.A.Fyodorov va boshqa yosh o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Kafedra О‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi “5140800 -(hozirgi kunda yо‘nalish shifri o’zgargan 60530500) Geologiya (faoliyat sohasi bо‘yicha) kadrlar tayyorlaydi. О‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “bakalavr” darajasini oladi. Bakalavriatura yо‘nalishi bazasida kafedrada 5A140801- (hozirgi kunda yо‘nalish shifri uzgargan 70530501) Umumiy va xududiy geologiya, (foydali qazilmalar geologiyasi) 5A140806 - (hozirgi kunda yо‘nalish shifri o’zgargan 70530502) Geologik syomka, foydali qazilmalar konlarini qidirish, 5A140807- (hozirgi kunda yо‘nalish shifri o’zgargan 70530503) Litologiya, 5A140808 - (hozirgi kunda yо‘nalish shifri o’zgargan 70530504) Paleontologiya va stratigrafiya, magistrlik yо‘nalishlari ochilgan. Ularda о‘qish muddati 2 yil, о‘qishni tamomlagandan sо‘ng “magistr” akademik darajasini oladi. Kafedrada “04.00.05 - Paleontologiya va stratigrafiya”, 04.00.01- “Umumiy va xududiy geologiya” ixtisosliklari bо‘yicha tayanch doktorantura ochilgan.
Geologiya kafedrasida о‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida kо‘rinishda
T/r | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Umumiy geologiya | Geologiya - Yer haqidagi fan bо‘lib, yunoncha geo - yer, logos - fan ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, paydo bо‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganadi. Geologiya fani yerning ustki qismini о‘rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganadi. |
2 | Paleontologiya va stratigrafiya asoslari | Paleontologiya va stratigrafiya asoslari fanining о‘qitilishidan maqsad – talabalarni organik qoldiqlar sistematikasi va nomenklaturasi bilan tanishtirish, ularning yetakchi turlarining morfologiyasi va ekologiyasini о‘rganishdan iborat. |
3 | Tarixiy geologiya | Tarixiy geologiya fani 4,6 mlrd. yil mobaynida Yerning asosiy fundamental geologik rivojlanishini о‘rganadi. Yer tarixida qazilma boyliklar evolyusiyasi, atmosfera va biosfera, gidrosfera, paleolandshaftlar va magmatizm, litosferalar rivojlanishi va paydo bо‘lishida geologik jarayonlar evolyusiyasining qaytarilmasligi, stratigrafiya va Yer tarixi davriyligi tarixiy geologiyaning asosiy bо‘limlari hisoblanadi. |
4 | Mintaqaviy geologiya | Mintaqaviy geologiya о‘quv dasturi geologiya yо‘nalishidagi barcha fundamental fanlar orasida mintaqaviy ahamiyatga ega bо‘lgan fandir. U yirik hududlarning geologik tuzilishini va foydali qazilma konlarini tarkalishini urganishda muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy geologiya fanining ahamiyati talabalarni mintaqaviy strukturalar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan foydali qazilma konlarining joylashuvidagi qonuniyatlarni о‘rgatishdan iborat. |
5 | Sedimentologiya va litologiya tadqiqot usullari | Sedimentologiya va litologiya tadqiqot usullari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferaning о‘zaro ta’siri jarayonida hosil bо‘ladigan va qayta о‘zgaradigan barcha chо‘kindi jinslar majmuasining (tog‘ jinslari, formatsiyalar, minerallar, geokimyoviy assotsiatsiyalar, foydali qazilmalar) tarkibini, tuzilishini, kelib chiqishini va amaliy ahamiyatini о‘rganuvchi fandir. |
6 | Geologik ishlarni tashkil qilish va loyihalashtirish | Geologiya-qidiruv ishlarini о‘tkazishda asosiy ishlarni baholash aniqlash. Konkret ma’danli yoki noma’dan kon uchun geologiya qidiruv ish xajmini aniqlash. Konning geologik, iqtisodiy, gidrogeologik sharoitlarini о‘rganish va baholash. Geologiya qidiruv ishlarini konni turiga qarab baholash. Burg‘ulash, geofizika ishlarini xajmini aniqlash va baholash. Namunalash, laborotoriya ishlari, topo – marksheydrik ishlarini xajmini aniqlash. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda qurilish ishlarini aniqlash. |
7 | О‘zbekiston ma’dan konlari geologiyasi | О‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi fani umumiy geologiya, mineralogiya, litologiya, geokimyo, geofizika, geotektonika, strukturaviy geologiya va boshqa fanlar bilan о‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan. |
8 | Dala materiallarini yig‘ish va qayta ishlash | Dala sharoitida tabiiy ochilmalarni, tog‘ lahimlarini va burg‘ulash quduqlarini xujjatlashtirish, ularni ta’riflash, о‘lchash, namunalar olish kabi ishlar bajariladi, Kameral sharoitda esa dala sharoitida tо‘plangan tosh materiallar turli hil tahlil usullari yordamida о‘rganiladi. Dala va kameral sharoitlarda olingan natijalar turli chizmalar – grafiklar, gistagrammalardan foydalanib bir tizimga solinadi, umumlashtiriladi va joyning geologiyasi yoki foydali qazilmalari tо‘g‘risida ma’lum bir hulosalar qilinadi. |
9 | Mineral xom-ashyo iqtisodiyoti | Ushbu dastur yoqilg‘i – energetika resurslarining yer shari bо‘yicha tarqalishi, ularning dunyo bozoridagi iqtisodiy ahamiyatlarini talabalarga о‘rgatish katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida metallar, metallurgiya uchun noruda xom ashyosi, texnika xom ashyosi, qimmatbaho, ishlov beriladigan toshlarning tarqalishi kabi yuqorida qayd qilib о‘tilgan mineral xom ashyolarning iqtisodiy ahamiyati Respublikamiz iqtisodiyotini tiklashda asosiy zamin hisoblanadi. |
10 | Geologiyani hozirgi zamon muammolari | Tog‘-kon qazib olish korxonalari. Mamlakatni oltin ma’danli bazasi. О‘zbekistonni mineral xom-ashyo bazasining istiqbollari. Kumush zaxiralari va ularni asosiy miqdorlari. Uran zaxiralari bazasining istiqbollari. Respublikada rangli, noyob va tarqoq metallarni xom-ashyo bazasi. Volfram xom-ashyo bazasi. Geologik-qidirish ishlarining istiqbollari. Litiyni tasdiqlangan zaxiralari. Yonuvchi slanetslar neft maxsulotlarini olish. |
11 | Foydali qazil. qidir.va razvedka qilish | Foydali qazilma boyliklarni bashorat qilish tо‘g‘risidagi tushunchalar. Tarixiy ma’lumotlar. Kurs haqida asosiy tushunchalar, fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. О‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan geologiya-razvedka ishlarining ketma-ketligi, ularning vazifalari. |
12 | Geologik ishlarni tashkil qilish va loyihalashtirish | Geologik-qidiruv ishlarini samarali о‘tkazishda va foydali qazilmalarni о‘zlashtirishda texnologik tadqiqotlar. Foydali qazilmalarni qidirilgan zaxiralaridan tо‘la foydalanish. Chuqur qayta ishlash muammolarini xal etish. |
Magistratura | ||
1 | О‘zbekiston geologiyasi | О‘zbekiston geologiyasining rivojlanishidagi asosiy bosqichlari ular bilan bog‘liq tektonik xaritalar yaratishni va qо‘llash uslublarini egallashni, regional geodinamik jarayonlar va geodinamik tadqiqotlar о‘tkazishni, tektonik rayonlashni va nazariy olgan bilimini amalda qо‘llashni о‘rgatishdir. О‘zbekiston geologiyasi fani umumiy geologiya, mineralogiya, litologiya, geokimyo, geofizika, geotektonika, strukturaviy geologiya va boshqa fanlar bilan о‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan. |
2 | Stratigrafik qidiruv usullari | “Stratigrafik qidiruv usullari” chо‘kindi yо‘li bilan vujudga kelgan foydali qazilma konlarining stratigrafik о‘rnini aniqlashda hamda chо‘kindi foydali qazilmalar uchraydigan kesmalarni tabaqalashda va taqqoslashda, bunday konlarning lateral va vertikal tarqalish qonuniyatlarini aniqlashda ahamiyatga ega. |
3 | Chо‘kidi jinslar petrografiyasi | CHо‘kindi jinslar yer pо‘stining ustki qavatini tashkil etadi va ularda qattiq, suyuqlik va gaz holidagi foydali qazilmalar umumiy zahirasining 70-80% ni tashkil etadi. Bu esa chо‘kindi tog‘ jinslarini о‘rganishni taqoza etadi. Ushbu dastur tog‘ jinslarining tarkibi, kelib chiqishi va ularda mujassam bо‘lgan foydali qazilmalarni о‘rganibgina qolmasdan, balki Yer qobig‘ining tarixini tiklash, uning rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganish imkoniyatini beradi. |
4 | Nodir, qimmatbaho va rangli metallar konlari geologiyasi | Nodir, qimmatbaxo va rangli metallar geologiyasi kursida bilim oluvchilar foydali qazilma konlari о‘rtasida ma’danli konlarni qidirish va razvedka qilish, geologik suratga olish jarayonida Respublikamiz xududida joylashgan asosiy Nodir, qimmatbaxo va rangli metallar konlari geologiyasi bilan tanish bо‘lishlari maqsadga muvofiq. |
5 | Chо‘kindi formatsiyalarning fatsial tahlili | Chо‘kindi formatsiyalar yer pо‘stining ustki qavatini tashkil etadi va ularda qattiq, suyuqlik va gaz holidagi foydali qazilmalar umumiy zahirasining 70-80% ni tashkil etadi. Bu esa chо‘kindi formatsiyalarni batafsil о‘rganishni taqoza etadi. CHо‘kindi formatsiyalar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan foydali qazilmalarning shakllanishi о‘sha davrda hukm surgan tabiiy sharoitlarga bog‘liq bо‘lib, ular fatsial tahlil orqali о‘rganiladi. |
6 | Paleogeografik loyihalashtirish | Fanni asosiy maqsadi uzoq о‘tmishdagi paleogeografik sharoitni qayta tiklash uchun paleobiogeografik rayonlashtirish uslublari bilan magistrlarni tanishtirishdir.Fanni vazifasi chо‘kindilar chо‘kishi sharoitini va stratifikatsiyalangan qazilma boyliklarning hosil bо‘lishini aniqlash, shuningdek о‘rganilayotgan hududning geologik tarixini magistrlarga о‘rgatishdir. |
7 | Geologik fanlar tarixi va metodologiyasi | Yerning tuzilishi va rivojlanish tarixi tо‘g‘risida yangi bilimlarni shakllantirish mexanizmlarini ochib berish, maktablarning shakllanish sharoitlari va geologiya tendentsiyalari va geologik tadqiqotlar uchun uslubiy bazani ishlab chiqish. О‘zbekiston geologiyasi tarixini geologik bilimlar rivojlanishining umumiy fonida о‘rganish muhim vazifa hisoblanadi. |
8 | Uran konlari geologiyasi | Fanning vazifalari dunyoning uran konlari bilan tanishish; uran konlarining genetik turkumlari bilan tanishish; qatlam oksidlanish zonalarini ajratish; uran konlari shakllanishidagi geokimyoviy tо‘siqlarning ahamiyati; epigenetik uran konlarining shakllanishidagi gidrogeologik va iqlim sharoitlarini о‘rganishdan iborat. |
9 | Noma’dan konlari geologiyasi | Noma’dan konlarini bashoratlash va izlash usullari fanini о‘qitishdan asosiy maqsad – noma’dan konlarning ahamiyati, foydalanish sohalarining keng kо‘lamliligi, genetik turlari va qidirish usullarini о‘zlashtirish orqali О‘zbekiston Respublikasi xududida tarqalgan noma’dan konlarni bashoratlash va qidirishda zamonaviy usullar va me’zonlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat. |
10 | Ma’dan konlari geologiyasi | О‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi kursida bilim oluvchilar foydali qazilma konlari urtasida ma’danli konlarni qidirish va razvedka qilish, geologik suratga olish jarayonida Respublikamiz xududida joylashgan asosiy О‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi bilan tanish bulishlari maksadga muvofik.« О‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi » kursining asosiy maqsadi talabalarni Respublikamiz xududidagi asosiy amaliy axamiyatga ega bulgan ma’danli konlar geologiyasi bilan tanishtirish. |
11 | Neft konlari geologiyasi | Neft va gaz qazib olish bashorat resurslari va razvedka qilingan zaxiralari haqidagi ma’lumotlar (dunyo miqyosida va О‘zbekistonda). О‘zbekistonda va dunyoda neft va gaz qazib olish dinamikasi. Neft va gazning bashorat resurslari va razvedka qilingan zaxirasi. |
12 | Gaz konlari geologiyasi | Kursning nazariy va amaliy ahamiyati qattiq, suyuqlik va gaz holidagi foydali qazilmalarning umumiy zaxirasi 70-80% ni tashkil etuvchi chо‘kindi foydali qazilmalarning tog‘-kon sanoatida tutgan ulkan ahamiyati bilan belgilanadi. |
13 | Chо‘kindi qazilma boyliklarni qidirishda litologik uslublar | “Chо‘kindi qazilma boyliklarni qidirishda litologik uslublar” fanining maqsadi chо‘kindi konlarini qidirish va bashoratlashda litologik va geokimyoviy usullardan samarali foydalanish bо‘yicha magistrantlarning bilim va kо‘nikmalarni chuqurlashtirishdan, chо‘kindi jinslar bilan bog‘liq - terrigen, karbonatli, gologenli formatsiyalar, sof singenetik-epigenetik konlar, neft, gaz va yer osti suvlari bilan bog‘liq bо‘lgan konlarni bashoratlash usullarini о‘rganishdan iborat. |
14 | Biofatsial tahlil | Fanning maqsadi geologik о‘tmishdagi paleohavzalarda chо‘kindilar hosil bо‘lishi sharoitini aniqlashdir. Fanni vazifasi biofatsial tahlil va uni о‘tkazish uslublarini talabalarga о‘rgatishdan iborat. |
15 | Litogenez asoslari | Litogenez asoslari fanining asosiy maqsadi chо‘kindi tog‘ jinslari, fatsiya va formatsiyalar hamda ular bilan bog‘liq bо‘lgan chо‘kindi foydali qazilmalar konlariniqidirish, razvedka qilish, baholash yoki bashorat qilish yо‘llarini chuqur о‘rgatishdir. Fanni vazifasi chо‘kindi tog‘ jinslarining hosil bо‘lishi, litogenez turlari va ularning Yer rivojlanishidagi qaytmas evolyusiyasi haqida nazariy bilimlarni о‘zlashtirishi va amaliy malakaga ega bо‘lishi hisoblanadi. |
16 | Paleobotanika | Paleobotanika fanining ahamiyati quruqlik sharoitlarida hosil bо‘lgan yotqiziqlarning nisbiy yoshini aniqlashda, bunday yotqiziqlarni stratigrafik tabaqalash va taqqoslashda ahamiyatga ega. Paleogeografik qayta tiklash (iqlim, relef, landshaftlar, qirg‘oq chizig‘ining holati); Yerda о‘simlik dunyosining rivojlanish tarixini aniqlashdan iborat. |
17 | Geodinamik tadqiqot usullari | Geotektonika va geodinamika asoslari fanining dolzarbligi - bu fan strukturalar tuzilishi, geodinamik sharoiti va foydapi kazilmalar uchraydigan zonaparni aniklab berishga yordam beradi. Shuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani xisoblanib, ishlab chikarishiing ilmiy-amaliy tizimining ajralmas bug‘inidir. |
18 | Paleogeografik loyihalashtirish | Fanni asosiy maqsadi uzoq о‘tmishdagi paleogeografik sharoitni qayta tiklash uchun paleobiogeografik rayonlashtirish uslublari bilan magistrlarni tanishtirishdir.Fanni vazifasi chо‘kindilar chо‘kishi sharoitini va stratifikatsiyalangan qazilma boyliklarning hosil bо‘lishini aniqlash, shuningdek о‘rganilayotgan hududning geologik tarixini magistrlarga о‘rgatishdir |
19 | Paleontologik qidiruv usullari | Fanerozoy kesmasini hamma chо‘kindi jinslarida paleontologiya obyekti (biofossilimor) uchraydi. Yerdagi qazilma boyliklarni kо‘pchiligi chо‘kindi formatsiyalar bilan bog‘liq. Shuning uchun bu konlarni qidirish va xaritalash, qatlamlarni paleontologik asosda mukammal о‘rganish va korrelyatsiya qilish kerak bо‘ladi. Organik qoldiqlarni dala sharoitida yig‘ish, ularni laboratoriyada tayyorlash va aniqlash о‘zini ilmiy va texnik uslublari mavjud. |
2 mutaxassislik | ||
1 | Tarixiy geologiya | Tarixiy geologiya fani 4,6 mlrd. yil mobaynida Yerning asosiy fundamental geologik rivojlanishini о‘rganadi. Yer tarixida qazilma boyliklar evolyusiyasi, atmosfera va biosfera, gidrosfera, paleolandshaftlar va magmatizm, litosferalar rivojlanishi va paydo bо‘lishida geologik jarayonlar evolyusiyasining qaytarilmasligi, stratigrafiya va Yer tarixi davriyligi tarixiy geologiyaning asosiy bо‘limlari hisoblanadi. |
2 | Regional geologiya | Regional geologiya о‘quv dasturi geologiya yо‘nalishidagi barcha fundamental fanlar orasida mintaqaviy ahamiyatga ega bо‘lgan fandir. U yirik hududlarning geologik tuzilishini va foydali qazilma konlarini tarkalishini urganishda muhim ahamiyatga ega. Regional geologiya fanining ahamiyati talabalarni mintaqaviy strukturalar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan foydali qazilma konlarining joylashuvidagi qonuniyatlarni о‘rgatishdan iborat. |
3 | Foydali qazil. qidir.va razvedka qilish va baholash | Foydali qazilma boyliklarni bashorat qilish tо‘g‘risidagi tushunchalar. Tarixiy ma’lumotlar. Kurs haqida asosiy tushunchalar, fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. О‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan geologiya-razvedka ishlarining ketma-ketligi, ularning vazifalari. |
4 | Mineral xom-ashyo iqtisodiyoti | Ushbu dastur yoqilg‘i – energetika resurslarining yer shari bо‘yicha tarqalishi, ularning dunyo bozoridagi iqtisodiy ahamiyatlarini talabalarga о‘rgatish katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida metallar, metallurgiya uchun noruda xom ashyosi, texnika xom ashyosi, qimmatbaho, ishlov beriladigan toshlarning tarqalishi kabi yuqorida qayd qilib о‘tilgan mineral xom ashyolarning iqtisodiy ahamiyati Respublikamiz iqtisodiyotini tiklashda asosiy zamin hisoblanadi. |
5 | Dala materiallarini yig‘ish va qayta ishlash | Dala sharoitida tabiiy ochilmalarni, tog‘ lahimlarini va burg‘ulash quduqlarini xujjatlashtirish, ularni ta’riflash, о‘lchash, namunalar olish kabi ishlar bajariladi, Kameral sharoitda esa dala sharoitida tо‘plangan tosh materiallar turli hil tahlil usullari yordamida о‘rganiladi. Dala va kameral sharoitlarda olingan natijalar turli chizmalar – grafiklar, gistagrammalardan foydalanib bir tizimga solinadi, umumlashtiriladi va joyning geologiyasi yoki foydali qazilmalari tо‘g‘risida ma’lum bir hulosalar qilinadi. |
6 | О‘zbekiston ma’dan konlari geologiyasi | О‘zbekiston ma’danli konlar geologiyasi fani umumiy geologiya, mineralogiya, litologiya, geokimyo, geofizika, geotektonika, strukturaviy geologiya va boshqa fanlar bilan о‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan. |
Sirtqi | ||
1 | Umumiy geologiya | Geologiya - Yer haqidagi fan bо‘lib, yunoncha geo - yer, logos - fan ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, paydo bо‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganadi. Geologiya fani yerning ustki qismini о‘rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganadi. |
2 | Paleontologiya va stratigrafiya | Paleontologiya va stratigrafiya asoslari fanining о‘qitilishidan maqsad – talabalarni organik qoldiqlar sistematikasi va nomenklaturasi bilan tanishtirish, ularning yetakchi turlarining morfologiyasi va ekologiyasini о‘rganishdan iborat. |
3 | Foydali qazilmalarni qidirish va razvetka qilish | Foydali qazilma boyliklarni bashorat qilish tо‘g‘risidagi tushunchalar. Tarixiy ma’lumotlar. Kurs haqida asosiy tushunchalar, fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. О‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan geologiya-razvedka ishlarining ketma-ketligi, ularning vazifalari. |
4 | Tarixiy geologiya | Tarixiy geologiya fani 4,6 mlrd. yil mobaynida Yerning asosiy fundamental geologik rivojlanishini о‘rganadi. Yer tarixida qazilma boyliklar evolyusiyasi, atmosfera va biosfera, gidrosfera, paleolandshaftlar va magmatizm, litosferalar rivojlanishi va paydo bо‘lishida geologik jarayonlar evolyusiyasining qaytarilmasligi, stratigrafiya va Yer tarixi davriyligi tarixiy geologiyaning asosiy bо‘limlari hisoblanadi. |
5 | Mintaqaviy geologiya | Mintaqaviy geologiya о‘quv dasturi geologiya yо‘nalishidagi barcha fundamental fanlar orasida mintaqaviy ahamiyatga ega bо‘lgan fandir. U yirik hududlarning geologik tuzilishini va foydali qazilma konlarini tarkalishini urganishda muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy geologiya fanining ahamiyati talabalarni mintaqaviy strukturalar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan foydali qazilma konlarining joylashuvidagi qonuniyatlarni о‘rgatishdan iborat. |
6 | Sedimentologiya va litologiya tadqiqot usullari | Sedimentologiya va litologiya tadqiqot usullari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferaning о‘zaro ta’siri jarayonida hosil bо‘ladigan va qayta о‘zgaradigan barcha chо‘kindi jinslar majmuasining (tog‘ jinslari, formatsiyalar, minerallar, geokimyoviy assotsiatsiyalar, foydali qazilmalar) tarkibini, tuzilishini, kelib chiqishini va amaliy ahamiyatini о‘rganuvchi fandir. |
7 | О‘zbekiston noma’dan konlari geologiyasi | О‘zbekiston noma’dan konlar geologiyasi fani umumiy geologiya, mineralogiya, litologiya, geokimyo, geofizika, geotektonika, strukturaviy geologiya va boshqa fanlar bilan о‘rganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bir-biriga bog‘langan. |
8 | Geologiyaga kirish | Geologiya» atamasining etimologik, lug‘aviy va ilmiy ma’nolari. Geologiya fanining asosiy tarmoqlari. Geologiya qaysi fanlar bilan uzviy aloqada. Geologiya fanining shakllanishiga hissa qо‘shgan olimlar va ularning fikrlari tо‘g‘risida ma’lumot. |
9 | Geologik ishlarni loyihalashtirish va tashkillashtirish | Geologik-qidiruv ishlarini samarali о‘tkazishda va foydali qazilmalarni о‘zlashtirishda texnologik tadqiqotlar. Foydali qazilmalarni qidirilgan zaxiralaridan tо‘la foydalanish. Chuqur qayta ishlash muammolarini xal etish. |
10 | Geologiyani hozirgi zamon muammolari | Tog‘-kon qazib olish korxonalari. Mamlakatni oltin ma’danli bazasi. О‘zbekistonni mineral xom-ashyo bazasining istiqbollari. Kumush zaxiralari va ularni asosiy miqdorlari. Uran zaxiralari bazasining istiqbollari. Respublikada rangli, noyob va tarqoq metallarni xom-ashyo bazasi. Volfram xom-ashyo bazasi. Geologik-qidirish ishlarining istiqbollari. Litiyni tasdiqlangan zaxiralari. Yonuvchi slanetslar neft maxsulotlarini olish. |
11 | Geologik fanlar tarixi | Geologiya fani tarixi va bu fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Geologiya, geomorfologiya, geodeziya, geografiya, biologiya, gidrogeologiya, kristallografiya, paleontologiya, tuproqshunoslik, geotektonika, stratigrafiya, muxandislik geologiyasi, Yer taraqqiyoti. |
Kechki | ||
1 | Umumiy geologiya | Geologiya - Yer haqidagi fan bо‘lib, yunoncha geo - yer, logos - fan ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, paydo bо‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganadi. Geologiya fani yerning ustki qismini о‘rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganadi. |
2 | Paleontologiya va stratigrafiya | Paleontologiya va stratigrafiya asoslari fanining о‘qitilishidan maqsad – talabalarni organik qoldiqlar sistematikasi va nomenklaturasi bilan tanishtirish, ularning yetakchi turlarining morfologiyasi va ekologiyasini о‘rganishdan iborat. |
GEOLOGIYA KAFEDRASIDA TAHSIL OLAYOTGAN TAYANCH DOKTORANT VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR
T/r | Tadqiqotchi professor-о‘qituvchining F.I.SH | Tayanch doktorant yoki mustaqil izlanuvchi | Dissertatsiya ishining mavzusi |
1 | Qurbonov Mohigul Mamasoliyevna | PhD doktorant | Surxondaryo neft-gazdor paleogen qatlamlarini nannoplankton qoldiqlari bо‘yicha stratigrafiyasi |
2 | Romanov Sayfulla Abdulla о‘g‘li | PhD doktorant | Xarakterniye osobennosti i usloviya formirovaniya zolotogo orudeninya v kremnistix i korbonatnix porodax Kizilturukskogo pole |
3 | Meliboyev Baxodir | PhD doktorant | Farg‘ona botig‘i va Toshkentoldi hududlarida tarqalgan paleogen yotqiziqlarining litologo-fatsial xususiyatlari va foydali qazilmalari |
4 | Usmonova Shaxodat Valijonovna | PhD doktorant | Geologiya i petro-geoximicheskiye osobennosti intruzivov mestorojdeniya Yoshlik |
5 | Jovliyev Baxrom | PhD doktorant | Biostratigrafiya i fatsialniye osobennosti melovix otlojeniy Zirabulak - Ziaetdinskiye podnyatiya |
6 | Fatxullayeva Zilola Mamirjonovna | Mustaqil izlanuvchi | Geologo-strukturniye pozitsii zolotorudnix proyavleniy Auminzatau-Beltauskogo rudnogo rayona |
7 | Musayeva Nigora Abrorovna | Mustaqil izlanuvchi | Stratigrafiya i usloviya obrazovaniya melovix otlojeniy gor Kuldjuktau |
8 | CHо‘lliyev Farhod | Mustaqil izlanuvchi | Turkiston paleookeanining chetki-kontinental vulqon kamari g‘arbiy qismining geologiyasi va ma’dandorligi |
9 | Fyodorov Yuriy Aleksandrovich | Mustaqil izlanuvchi | Stratigrafiya i usloviya obrazovaniya melovix otlojeniy gor Kuldjuktau |
10 | Axmedjanov Baxtiyor Axmedjanovich | Erkin izlanuvchi | Katarmay daykali kamarining geologiyasi va madandorligi ( G‘arbiy О‘zbekiston) |
11 | Aripova Mavjuda Karimjanovna | Erkin Izlanuvchi | Farg‘ona eotsen yotqiziqlarini ostrakoda qoldiqlari bо‘yicha stratigrafiyasi |
12 | Saxibov Turman Quyliyevich | PhD doktorant | Oltin ma’danlashuvining mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va qidiruv belgilari (Auminza tog‘laridagi Shariqti istiqbolli maydoni) |
О‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qо‘mitasi “Geologiya muzeyi” |
GEOLOGIYA KAFEDRASI MAHALLIY HAMKORLARI |
О‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qо‘mitasi Sharqiy О‘zbekiston geologik suratga olish qidiruv ekspeditsiyasi Stratigrafiya partiyasi |
.О‘zbekiston Respublikasi “О‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM |
H.M.Abdullayev nomidagi “Geologiya va geofizika instututi” DM |