Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Germaniyaning Leybnits nomidagi Gannover universiteti vakillari bilan uchrashuv

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Milliy universiteti va Germaniyaning Leybnits nomidagi Gannover universiteti o'rtasida memorandum imzolangan edi. Mazkur memorandumda nazarda tutilgan kelishuvlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida 2022-yil 18-oktyabr kuni Germaniyaning Leybnits nomidagi Gannover universiteti professorlari Guggenberg Georg Anton hamda Shibistova Olga O'zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuvda hamkorlikning navbatdagi bosqichi sifatida geografiya va geologiya yo'nalishlarida taъlim oluvchi universitetimiz talabalarining Gannover universitetiga tashrifi hamda o'quv faoliyatidagi jarayonlar yuzasidan kelishuvlar olib borildi. Kelishuvga binoan 2023-yilning aprel oyida 10 nafar O'zMU talabalari Germaniyaning Leybnits nomidagi Gannover universitetiga ikki haftalik malaka oshirish va o'quv jarayonlarini kuzatish imkoniga ega bo'lishadi. Shuningdek, 8 nafar talabalar esa Germaniyada landshaft dizayni, geologiya va ekologiya yo'nalishlarida yozgi amaliyotlarini o'tab kelishlari nazarda tutilgan.
Muzokara davomida professor Guggenberg Georg Anton amaliyot talabalarga juda ham ma'qul kelganligini ta'kidlab, ulardan biri magistrlik ishini albatta O'zbekiston bilan bog'liq mavzuda amalga oshirish istagi borligini mamnuniyat bilan ma'lum qildi.
Uchrashuv yakunida Landshaft rejalashtirish va landshaft arxitektura yo'nalishlarida qo'shma ta'lim dasturini tashkil etish uchun amaliy harakatlarni boshlash va tez orada bu bo'yicha shartnoma imzolashga kelishib olindi.
Muzokaralardan so'ng professor Guggenberg Georg Anton Geografiya yo'nalishi 4-kurs talabalari va 1-kurs magistrlariga Leybnits universiteti haqida hamda "Yerlardan foydalanishda landshaft rejalashtirish metodlarini qo'llash" mavzusida ma'ruza o'qidi.

Xalqaro aloqalar bo'limi