Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Geynrix Geyne nomidagi Dyusseldorf universiteti Sharqiy Yevropa tarixi kafedrasi vakili bilan uchrashuv

Bugun, 2022-yil 8-sentabr kuni Geynrix Geyne nomidagi Dyusseldorf universiteti Sharqiy Yevropa tarixi kafedrasi vakili Fillip Shreder bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy kun tartibida universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, akademik mobillikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 2023 yilda janob Shreder Germaniya universiteti talabalari bilan birgalikda O‘zbekistonga, xususan, O‘zMUga tashrif buyurishi, shuningdek, qator seminar va ma’ruzalar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi ishlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Xalqaro aloqalar bo'limi